Asosiy mavzular
28 june 2016

Huquq faoli Mamatxonovning jazo muddati uzaytirildi

Bu haqda bayonot tarqatgan «Ezgulik» jamiyatining bildirishicha, jazo muddati uzaytirilgan G‘anixon Mamatxonov hozirda huquq faoli Kattaqo‘rg‘ondagi 7-sonli tergov izolyatorida saqlanmoqda. Unga «turma rejimi qoidasini buzganlik» ayblovi qo‘yilgan.

Bu xabar ortidan huquq faolining rafiqasi Arofatxon Mamatxonova shifoxonaga yotqizilgan. Uning yaqinlari, onaxonning ahvoli og‘irligini ta'kidlaydi.

O‘zbek huquq faoli 2009 yilning 12 oktyabrida u hibsga olinib, pora berishda va firibgarlikda ayblangan, sud hukmi bilan 5,2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2014 yilning 17 martida jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa sudi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 221-moddasi bilan unga tag‘in qo‘shimcha ravishda 3,5 yil qamoq jazosi berilgan edi.

Keksa huquq faolining qamoqda saqlanishi va uning jazo muddati muttasil uzaytirib kelinayotgani xalqaro huquq tashkilotlari xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

Xyuman Rayts Votch tashkiloti hukumat hali sud bo‘lmasidan turib mahkumning yaqinlarini «Mamatxanovga qo‘shimcha muddat berilishi va uni boshqa koloniyaga uzatilishi mumkinligidan ogohlantirgani», shuningdek, uning jazo muddatini o‘tab bo‘lib 2014 yili allaqachon ozodlikka chiqarilishi kerakligi haqida bildirgan edi.

Shuningdek, tashkilot hisobotida, hibsga olinguniga qadar Mamatxonovning o‘zbek rejim tanqidchilaridan biri bo‘lib kelgani aytiladi.

Mahkumlikda qolayotgan o‘zbek faollarining jazo muddati cho‘zilishi O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon qo‘llanib kelinadi.

Jumladan, 2015 yil aprelida huquq himoyachisi A'zam Farmonovning jazo muddati tag‘in besh yilga uzaytirilgandi.

1998 yili hibsga olingan, O‘zbekistonda ilk hususiy bankni tashkil qilgan Rustam Usmonovning ham jazo muddati muttasil cho‘zib kelinadi.

1999 yili Ukrainadan o‘g‘irlab olib ketilgan «Erk» gazetasi muharriri Muhammad Bekjonning jazo muddati, 2012 yili u chiqishidan atigi bir necha kun burun uzaytirilgandi.

Hukumat rasmiylari tomonidan jazoni o‘tash muassasidagi ma'muriy turma qoidalarini buzganlik ayblovi, siyosiy mahkumlarning jazo muddatlarini uzaytirishda asosiy vosita sifatida dastaklanib kelinadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2023
Joriy yilning 25 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi, 42 yashar MBni internetda “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ...
24 december 2019
Chunki hali O‘zbekistonda saylovni to‘liq demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish uchun yetarlicha sharoit mavjud emas. Xuddi shunday fikr bildirgan mustaqil ...
6 august 2019
Prezident Mirziyoev qarori bilan 3 avgust kuni O‘zbekistondagi mash'um Jasliq qamoqxonasi yopildi. Ayni qarorda qamoqxona binolari va mulklari Qoraqalpog‘iston ...
18 august 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta hatni o‘qiymiz. Dastlabki maktubni oyliklari va qayta hisob pullarini to‘lig‘icha olishmaganini iddao qilayotgan “Pablik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...