ART-DURBIN
19 july 2016

125 yil oldin Moskvadagi “O‘rta Osië ko‘rgazmasida” tirik odamlar eksponat bo‘lgan edi

Ўрта Осиë кўргазмасидаги экспозиция. Рассом Сенцов асари. 1891 йил
O‘rta Osië ko‘rgazmasidagi ekspozitsiya. Rassom Sentsov asari. 1891 yil

Rossiya imperiyasi olib borgan ishg‘olchi urushlar natijasida Markaziy Osiëdagi xonliklarga oid ulkan tuproqlar, o‘sha yerlarda yashagan “tuzemets”lar bilan birga Oq podsho mulkiga aylandi. Qo‘qon va Xiva xonligiga qarshi ishg‘olchi urush 1864 yildan to 1873 yilga qadar davom etdi. Markaziy Osië asosan qurol kuchi bilan bo‘ysundirildi. Ba'zi bo‘lgalar “o‘zlari istab” Imperiyaga tobe bo‘ldi.

rasm1663
Ko‘rgazma tamg‘asi

Rossiya Imperiyasining yangi tuproqlarni uzoq yillik kuchanishlar ortidan ishg‘ol qilganidan chiqqan hosila 1891 yil Moskvaning “Tarix muzeyi” da as'asayu-dabdaba bilan ochilgan birinchi “O‘rta –Osië ko‘rgazmasida ko‘z-ko‘z qilindi.

Keng-mo‘l muzey zallaridagi ko‘rgazma rossiyaliklar tushiga ham kirmagan O‘rta Osiëning osori-atiqalari haqida bilgi berdi. Masalan ko‘rgazmaga kirish eshigi Samarqanddagi qadimiy masjidga o‘xshatib yasaldi. Ko‘rgazma Rossiya publikasini Buxoro va Xivaning jin-ko‘chalari va ming bir kechani eslatuvchi bu ko‘chalardagi haët tarzi bilan tanishtirdi. Karvonsaroylardagi sharqona bozorlarning uch o‘lchamli tasviri oq poshsho tobelariga ekzotik ertak kabi ko‘rsatildi. Markaziy Osië haëtidagi maishiy buyumlar, zumrad, lojuvard doxil mineral toshlar Moskva turg‘unlarining ko‘zini qamashtirdi. Ipak, atlas, adras va paxtadan bo‘lgan ikat naqshli gazlamalar, meva va meva qoqilari, ëng‘og‘u turshaklar ertaklardagi ochil-dasturxon kabi Chor Rossiyasi ra'iyatiga taqdim qilindi.

Кўргазмадаги экспонат
Ko‘rgazmadagi eksponat

Qizig‘i shundaki “Sharq bozori” deb nomlangan zalda O‘rta Osiëda yashagan elatlar tiplarga ajratilib tomoshaga qo‘yildi. Ermaktalab rossiyaliklar manekenlar qatorida tirik “aborigen”larni ham huddi zooparkdagi tirik hayvonlar kabi “tomosha” qilish imkoni yaratilgan edi ko‘rgazmada. 1870 yildan boshlab “odam zooparki” Yevropadagi G‘arb publikasi uchun yangi ko‘ngil ochish maskaniga aylangan edi.

Yevropadagi “odam zooparklari”da Osië va Afrikadan keltirilgan habashu – aborigenlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi. Chor to‘ntarilganidan keyin uning o‘rniga kelgan Sovet rejimi paytida ham O‘rta Osiëga oid ko‘rgazmalar Moskvada davom etdi. Faqat insonparvarlik yuzasidan ko‘rgazmaga tirik odamlar qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Ular fizkultura paradlariga ko‘chib o‘tishdi.

O‘rta Osië ko‘rgazmalari 70 yil davomida Sovet Rossiyasi madaniy haëtining ajralmas qismiga aylandi. 1987 yili o‘zbek rassomlari Medat Kagarov va Vyacheslav Oxunovning Moskvadagi ko‘rgazmasida qatnashgan rus munaqqidining “Tuzemetslar ham moy bo‘ëqda chizishni eplashibdi. Qoyil” degani esimda.

Akmal Rizaev,
toshkentlik muallif tahallusi

Кўргазма фотосуврати, этнография бўлими
Ko‘rgazma fotosuvrati, etnografiya bo‘limi

 

Tag‘in o‘qing
25 november 2022
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizla mo‘chchi oybika ham ...
20 october 2025
«O‘ris meni o‘z armiyasida bosqinchi urushga majbur qildi» deb dodlaëtganlarning tarjimai holini ko‘rib chiqsang «o‘zi aybdor» degan xulosaga kelasan. ...
27 june 2023
Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular ...
25 november 2020
Xorazmda kelinga bokira emas, degan ayb qo‘yib, uni videoga olgan, sha'nini toptab sazoyi qilgan kuyovning qarindosh-urug‘lari ustidan Xorazm viloyati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...