Asosiy mavzular
26 july 2016

O‘zbek matbuoti Mustaqillik deklaratsiyasini tilga oldi!

Mustaqillik deklaratsiyasi haqida qariyb 25 yildan beri bir gap yozishdan xuddi moxovdan qo‘rqqandek hadiksirab kelayotgan o‘zbek matbuoti, aniqrog‘i, «Hurriyat» gazetasi kutilmaganda bu tarixiy hujjatni tilga olib qoldi.

Lekin uning haqiqiy ijodkorlari qolib, «mustaqilligimiz sababchisi» bo‘lgan shaxs nomi bilan bog‘liq holda tilga oldi.

«…chindan ham «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan, mamlakatimiz mustaqilligi ham o‘sha qutlug‘ sanada e'lon etilgan», deya gap boshlaydi muallif.

«Ammo bu xalqimizning, istiqlol jonkuyari bo‘lmish yurtboshimizning yurt ozodligi yo‘lidagi harakatlari o‘sha sanadan boshlangan, degan xulosani bermaydi», deya davom etiladi maqolada.

Muallif «millat erkinligi, yurt ozodligi yo‘lidagi dastlabki dadil qadamlardan biri mamlakat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qabul qilinishidan oldin, ya'ni Islom Karimov respublika rahbari etib saylangan ilk damlarda, «O‘zbek tiliga davlati tili maqomini berish haqida»gi qonunning qabul qilinishi bilan qo‘yilgani»ni aytar ekan, «aziz tengdoshlar, ukalar, singillar, e'tibor bering», deya hammaning diqqatini jalb etadi va «1990 yilning 20 iyunida – respublika hali sobiq ittifoq tarkibida ekani chog‘ida yana bir muhim qaddam tashlandi: Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi», deya g‘urur bilan yozadi.

«Xalqimiz, milliy davlatchiligimiz tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri sanalmish … ushbu deklaratsiya istiqlolning o‘lmas tarhi, xalq xohish-irodasining amaldagi ifodasi o‘laroq maydonga keldi», deydi muallif.

Albatta, bu tarixiy hujjatning o‘zbek matbuotida ijobiy hodisa o‘laroq tilga olinishining o‘zi katta voqea. Chunki aslida O‘zbekiston tarixidagi hozircha eng demokratik parlament faoliyati davrida qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi haqida uzoq yillardan beri rasmiy matbuot bir satr ham yozmayotgandi.

Bu sana haqida muxolifatga tegishli nashrlar, erkin OAV orqali ma'lumot olish imkoniyati bor edi, xolos.

Garchi maqoladan ko‘zlangan maqsad bu tarixiy hujjatning ahamiyatini yurtboshiga bog‘lab yoshlarga yetkazish bo‘lsa-da, hali uning haqiqiy ijodkorlari bo‘lganlar, bu muhim tarixiy voqeaning guvohlari hayotki, uning qabul qilinishi bilan bog‘liq jarayonlarni yashirish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi.

Afsuski, maqola muallifi shunday muhim tarixiy hujjat qabul qilingan sana nega shu vaqtgacha e'tibordan chetda qolib kelayotgani, uning haqiqiy ijodkorlari nega bugun qahramon emas, «xalq dushmani» maqomida ekani haqida bir satr ham yozmagan.

Buning o‘rniga, «hatto dunyoning eng rivojlangan davlatlari deya tan olingan mamlakatlar ham bugun taraqqiyotning o‘zbek modelini o‘rganishga, o‘zlashtirishga intilayotgani»ni ta'kidlash bilan cheklangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 january 2025
O‘zbekiston Rossiya bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan mo‘ljallangan harbiy sohadagi hamkorlik rejasiga kiritilgan shartnomani imzoladi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik ...
5 january 2021
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabi o‘quvchilari mutlaqo sharoiti yo‘q eski dala shiyponida o‘qishmoqda. Bu haqda bo‘kalik fermer va faol ...
21 march 2018
«Eltuz» nashri qamoqdan chiqishi kutilayotgan, 100 million dollarni o‘zlashtirishda ayblanib qamalgan amaldor Jur'at Meliqulov faoliyatiga oid filmni taqdim etadi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...