ART-DURBIN
27 july 2016

Rangtasvir ramkasidan chiqib kino yulduzi bo‘lgan rassom haqida

Bugun Markaziy Osiëda ishlab chiqarilaëtgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar qiëfasini sog‘inganimizni his qilamiz. Ulardan biri rassom va kinoakter Suymenqul Cho‘qmorov edi (1939-1992).

Uning san'atdagi g‘ayrioddiy yo‘li, ungagina xos bo‘lgan xarizma va ichki madaniyat hosilasi o‘laroq yaratilgan kino qahramonlari o‘z davriga timsol bo‘la oldi. Garchi Cho‘qmorov ellikdan sal ko‘proq yosh umr ko‘rgan bo‘lsa ham bu umr u yaratgan ekran timsollari siyratiga ko‘cha oldi. U o‘z yaratgan obrazlari bilan ko‘pchilikni maftun qila oldi.

Sovet Ittifoqining turli burchaklaridagi oddiy odamlar bilan birga intelektuallar ham Cho‘qmorovga birdek maftun edi. Sovet intelektuallari nazarida u yangi formatdagi inson obrazini ekranda gavdalantira olgan edi. Professional rangtasvir rassom va mohir muallim Cho‘qmorov sovet madaniyatidagi cheklovu-quyushqonlarni sindirib kino olamiga ërib kira olgan botir ham edi.

rasm1710
Cho‘qmorov o‘zini faol rassom deb bilardi

Sovet kino va teatr olami shafqatsiz an'analardan iborat ëpiq bir dunë edi. Chor davridan meros ëpiq bu dunë eshigi estetlarga ham ochilishi qiyin edi. Bu ëpiq hududda olis qirg‘iz ovulidan kelib yulduz bo‘lish, akterlik ma'lumoti bo‘lmagan kishi uchun imkonsiz edi. Faqat favqulloda kuchli talant sohiblari bo‘lgan ërqin shahsiyatlargina bu makonni fath etish sharafiga noil bo‘la olishardi. Cho‘qmorov ana shunday kuchli shaxs edi. Aytishlaricha Cho‘qmorov ëshligida kasallikka chalinib, bir umr mayiblikka duchor bo‘lgan. Ammo qattiq intizom bilan o‘z gavdasini chiniqtiraroq Cho‘qmorov bu hastalikni yenga olgan. Pirovardida Cho‘qmorov nafaqat tuzalib ketdi, balki professional voleybol o‘yini cho‘qqilarini zabt qilib, master sport rutbasiga erisha oldi.

O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida SSSR dagi eng nufuzli san'at oliygohi bo‘lgan Leningraddagi Repin nomli san'at institutini bitirganidan keyin Suymanqul Cho‘qmorov Toshkentdagi rassom do‘stlarini tez-tez ziërat qilar edi. U hali kino yulduzi bo‘lmasidan oldin ko‘pchilik o‘zbek rassomlari bilan do‘st tutingandi. 1968 yildan keyin u kino olamiga shiddat bilan kirib, ërqin kinoobrazlarning butun bir silsilasini yarata oldi. Uning “O‘zbekfilm” kinostudiyada yaratgan obrazlari o‘z davrining belgisiga, timsoliga aylandi.

Rejisser Ali Hamroev suratga olgan “Yettinchi o‘q” filmidagi komissar Maqsumov obrazini sobiq SSSR turg‘unlari hanuz eslaydi. Kinodagi obro‘yiga qaramasdan Cho‘qmorov o‘zini faol rassom deb bilar va muntazam rasm chizar edi. Cho‘qmorov 1975 yili Chingiz Aytmatovning “Qizil olma” hikoyasi asosida suratga olingan filmda rassom obrazini ijro qildi. Asar qish sovug‘ida daraxtda yashirinib qolgan so‘nggi olma haqida edi.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 january 2026
Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor sud jarayoni chog‘ida EFFECT.UZ tahririyati jurnalistlari o‘zlarining qonuniy kasbiy faoliyatini amalga oshirayotgan paytda bosimga ...
1 november 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 11-qismi Turk birligi g‘oyasi va turk dunyosi imkoniyatlari haqida. ...
21 november 2018
Respublika viloyatlari bo‘ylab fermerlarning «davlat xirmoniga mo‘l hosil yetkazib berish» qasamyodiga keltirishi ijtimoiy tarmoqda kulgiga sabab bo‘lmoqda. 21 noyabr ...
5 september 2017
Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...