Asosiy mavzular
26 september 2016

«Qishloq hayoti»da paxtaga o‘rin yo‘q

Bugun qishloqda eng muhim ish paxta yig‘im-terimi bo‘lib turibdi. Hokimiyat vakillari paxta bu siyosat ekanini aytib, o‘qituvchi va shifokorlarni, talabalarni, hatto homilador va yosh bolali ayollarni ham dalaga quvgan.

Eng e'tiborlisi, o‘z nomi bilan qishloqlardagi, qishloq xo‘jaligidagi eng dolzarb mavzularni yoritadigan «Qishloq hayoti» gazetasida (24.09) paxta to‘g‘risida bir og‘iz gapni uchratmaysiz.

Ammo unda saylovga oid bir ahamiyatli ma'lumot bor. O‘zAdan ko‘chirib bosilgan ushbu maqolada aytilishicha, prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolarining 56,6 foizi «avvalgi saylovlarda tajriba to‘plagan, jamiyatimizning obro‘li vakillaridir».

Demokratik dunyo O‘zbekistonda avval o‘tkazilgan saylovning birortasi ham halol, oshkora kurashlar ostida o‘tmaganini bildirib keladi.

Demak, bo‘lajak prezident saylovi ham yana o‘sha nohalol, nodemokratik saylovlarni tashkil etgan labbaychilar nazoratida o‘tadimi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 february 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
16 november 2015
Bugun, 2015 yil 16 noyabr kuni taxminan ertalab soat 8.30 huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevning Jizzax shahridagi uyiga militsiya xodimlari ...
29 october 2015
Amerika – “Sehrli diyor”da yashash ishtiyoqida bo‘lgan o‘zbekistonliklar bir oy mabaynida o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ...
26 november 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...