Asosiy mavzular
18 october 2016

Internetdan qo‘rqish kasalligi

O‘zbekiston nashrlarini kuzatib, internet to‘g‘risida turli vahimalar, uning zararini ko‘pirtirib ko‘rsatish barcha nodemokratik tuzumlardagi matbuotga xos xususiyat, degan to‘xtamga kelish mumkin.

rasm881O‘zbek matbuotida har kuni bo‘lmasa-da, kunora internetning zarari haqida maqolalar e'lon qilinib turishini avval ham aytgandik. Ularda ko‘proq internetning «milliy mafkuraga salbiy ta'siri, buzg‘unchilikni targ‘ib qilishi» haqida so‘z borardi.

Bu safar esa «Milliy tiklanish» gazetasi (12.10) neyroxirurgiya sohasi professori Ortiqboy Ernazarovga tayanib, «internet shaxsda fikriy rivojlanishni, mushohada, tahlil qilish, qobiliyatini, izlanuvchanlik va xotirani susaytiradi», deya xulosa chiqardi.

Gazetada yozilishicha, o‘zbekchada «chug‘urlamoq», «valjiramoq» ma'nolarini anglatuvchi «Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida «axborotlar hech bir mas'uliyatsiz (asos-dalilsiz, yolg‘on-yashiq, mish-mishlar) tarqatilishini kuzatish mumkin».

Albatta, internetning hamma jihatlarini ham yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki unda zararli axborotlar ham ko‘p.

Ammo o‘zbek matbuotidagi maqolalardan ularning mualliflari aslida internetning erkin fikrlashga o‘rgatish, mavjud tuzumning salbiy xatti-harakatlaridan aholini xabardor qilish qudratidan qo‘rqayotganini sezish qiyin emas.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 february 2025
(Bibisi muharriri Jon Simpson) Ba'zan, juda kamdan-kam hollarda, dunyo ulkan, keskin o‘zgarishlarni boshidan kechiradigan yillar bo‘ladi. 1968 yil ana ...
18 may 2024
Eltuzga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi hamon davom etmoqda, muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosishkanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz. Dastlabki videomurojaat Toshkent viloyatining Chinoz shahridan. Shahar markazi chiqindizorga aylantirilmoqda. +++ ...
26 october 2021
Farida Sharifullina  O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida uylarni buzish paytida xususiy mulkni himoya qilish to‘g‘risidagi ...
12 december 2015
Yangi raxbar: «Tralli vallini yig‘ishtirib hammangiz IShIDga qarshi qo‘shiq aytasizlar!» Rassom: Tuz Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...