Asosiy mavzular
20 october 2016

«Adolat himoyachisi»ga minnatdorlik xatlari ko‘paymoqda

Oldin ham yozgandik, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qilayotganlar o‘z muammolariga tez yechim topayotganidan minnatdor bo‘layotgani haqida so‘nggi vaqtlarda ko‘p gapirilyapti.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari bu haqda to‘lib-toshib yozyapti. Ana shunday minnatdorlik maktublari haqida O‘zA tayyorlagan material «O‘zbekiston ovozi» gazetasida (18.10) ham e'lon qilindi.

«Birinchi prezidentimiz boshlagan buyuk islohotlar g‘ayrat va shijoat bilan izchil davom ettirilmoqda» degan dabdabali sarlavha ostida bosilgan maqola boshdan oxir bosh vazirning «adolati»ga hamdu sanolarga to‘la.

«O‘zbekiston bosh vazirining vitrual qabulxonasiga muammolari tezda hal qilinayotgani uchun yurtdoshlarimiz minnatdorlik xatlari jo‘natmoqda», deb boshlanadi maqola.

«Qishloqda yashayotgan bizdek oddiy fuqarolarning dardiga quloq tutib, masalalarimizni hal etib berayotganingiz misolida sizning birinchi prezidentimiz g‘oyalariga naqadar sodiq ekaningizga amin bo‘ldik», deydi qishlog‘idagi mobil aloqa sifatidan shikoyat qilgan bir fuqaro bosh vazirga minnatdorlik maktubida.

Bundan tashqari, maqolada arizachilar bu masalalar «bosh vazir darajasida ko‘rilayotganini chuqur anglab yetish»ga chaqiriladi va ayrim murojaatlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar ham uchrayotgani aytib o‘tiladi.

Maqolada ana shunday arizachilarning bosh vazirga uzrxonlik tilab yo‘llagan maktublaridan misollar ham keltirilgan.

Masalan, bir fuqaro o‘zi Toshkentda yashashi tufayli qishlog‘ida gaz ta'minoti yomonligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma'lumotga asoslanib bosh vazirga noo‘rin murojaat qilganidan uzr so‘ragan.

Maqolaning e'tiborni tortadigan jihati uning Xalq demokratik partiyasi nashri bo‘lmish gazetada e'lon qilinganidir.

Bilasiz, bosh vazir O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatilgan. «O‘zbekiston ovozi» esa XDPning o‘z nomzodi qolib, boshqa partiya vakili ko‘klarga ko‘tarilgan maqolani chop etishi sal g‘alatiroq tuyulmayaptimi?!

Qolaversa, bu gazeta XDPdan prezidentlikka nomzodning «olamshumul ishlari» to‘g‘risida hali bir og‘iz ham gapirgani yo‘q. Hatto undagi partiya qurultoyiga bag‘ishlangan maqolalarda ham nomzodning ismi ba'zi joylarda eslatib o‘tilgan, xolos.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 january 2026
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlanmoqda.  ...
8 february 2018
Prezident Mirziyoev chet ellik sayyohlarga mamlakat hududida fotosurat olishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi. 6 fevral kuni imzolangan bu qarorga ...
26 january 2022
“Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvining oldingi sonlarida biz O‘zbekiston tarixining xonliklar davri, Rossiya istilosi va Stalin qatag‘onlari davri haqida hikoya qilgan ...
21 december 2021
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 10 kilogrammgacha ozgan amaldorlarga 5 mln. so‘m mukofot puli berishini e'lon qilibdi. Xalq rizqidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...