Asosiy mavzular
27 october 2016

Samandar Qo‘qonovning ozod etilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Bundan bir xafta burun uning tergovga tortilgani va unga qo‘shimcha muddat berilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan va hatto uni amnistiya bo‘yicha ozod etish harakatlari boshlab yuborilgan edi.

27 oktyabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqda Samandar Qo‘qonovning ozod etilgani haqida xabar paydo bo‘ldi, biroq eltuz.com manbalarining o‘rganishicha, u hamon Navoi turmasida qolayotgani ma'lum bo‘ldi.

Islom Karimovning shaxsiy dushmai sifatida qamoqda saqlanayotgan siyosiy mahkumning boshqa muassasaga etap qilish harakatlari, uning ozod etilgani haqidagi gap so‘zlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Oliy kengashi deputati, «Erk» Demokratik partiyasi a'zosi va Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i bo‘lgan Samandar Qo‘qonovga berilgan so‘nggi qamoq jazosi 6 oktyabr kuni to‘liq tugagani ma'lum va u bugungi kunda O‘zbekiston tarixida qamoqda eng uzoq qolayotgan siësiy mahkumdir.

Samandar Qo‘qonovning ozod etilgani haqidagi xabarni Jazoni Ijro etish Bosh Boshqarmasi ham tasdiqlagani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 january 2016
Bugun 11 yanvar kuni prezident rezidentsiyasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazishga chog‘langan Inson huquqlari alyansi lideri Yelena Urlaeva boshchiligidagi bir ...
14 january 2025
Yangi O‘zbekistonning eski muommolari. Jizzaxda besh oydan beri hal qilinmagan suv quvuri, Andijonda asfalt, Navoiyda esa zaharli tutun muammosi. ...
10 april 2018
Kanadada yashovchi Ulug‘bek Ashur shu bugungi kunda turli qora ishlarga majburlanayotgan o‘qituvchilarga atab yangi qo‘shiq kuyladi. «Eltuz» nashri studiyasi ...
9 april 2024
Eltuzning ishonchli manbasi xabar berishicha, Andijon shahar elektroset yuristi mansabini suiiste'mol qilib, 10 mln. so‘m pora olayotganida ushlandi. Manbaning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...