Asosiy mavzular
31 october 2016

Barcha partiyalar elektorati «manfaati»dagi farmon

O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon OAVda navbatdagi ura-ura to‘lqinini boshlab berganini avval ham yozgandik.

Partiyalarga tegishli gazetalar undan o‘z maqsadlarida foydalanishga harakat qilyapti. Xususan, O‘zLiDeP nashri bo‘lgan «XXI asr» gazetasi (27.10) bu farmon partiya «elektorati himoyasini mustahkamlashi» haqida bong urdi.

Bundan avvalroq boshqa partiyalarning nashrlari ham bu farmonni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, u «bugungi kun talabidan kelib chiqib qabul qilingani», endi tadbirkorlik «yanada vo-o-o» bo‘lishini bashorat qilgan, bu esa ularning elektorati manfaatlariga xizmat qilishi aytilgandi.

Ilgarigi davlat rahbari tomonidan qabul qilingan shu kabi farmonlar tadbirkorlarning og‘irini sezilarli daraja yengillashtirmagani, bunisi ham aro yo‘lda qolib ketishi mumkinligi bugun partiyalarni qiziqtirayotgani yo‘q.

Asosiysi, bu hujjat qabul qilinganini qizig‘ida maqtab qolish kerak. Keyin nima bo‘lsa bo‘lar, u yog‘iga xudo poshsho…

Nima ham derdik, O‘zLiDeP vakili bo‘lgan muvaqqat va aftidan bo‘lajak prezident hamma partiyalarning elektoratini o‘ylaydigan rahbar ko‘rinadi. Shuning uchun barcha partiyalar ertaga yangi prezident ko‘rsatadigan «oqilona tanlangan, farovon hayot» yo‘lini maqtashga o‘tib ketsa, hech hayron bo‘lmaslik kerak.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 february 2022
2021 yil 3 fevral kuni toshkentlik faol Aleksey Garshin Samarqand shahri yaqinidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasining yopiq bo‘limida majburiy davolanayotgan ...
24 march 2016
Xalq (to‘g‘rirog‘i, xalqqa mas'ullar) butun xayoli bayram bilan bo‘lib, g‘am-tashvishini unutdi go‘yo. «Hurriyat» gazetasi ham shu shodiyonlarga qanot bag‘ishlash ...
20 june 2018
Ayrim nashrlar marhum prezidentning korruptsioner qizi Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatilgan pullarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarish masalasi «ijobiy hal bo‘layotgani» ...
22 march 2018
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...