ART-DURBIN
3 november 2016

Robert Grabbe qaychisidan chiqqan Turkiston albomi

1991 yili Qarag‘andada olamdan o‘tgan rassom Robert Grabbe 1903 yilda Novorossiyskdan Odessaga qarab suzaëtgan kema ichida tug‘ilgan edi.

3Firibgaru qartabozlar bilan to‘la Odessani hayratga solish qiyin. Ammo Robert qo‘liga qaychi olib qog‘ozdan siluetlar kesganida odessaning mana-men degan og‘alari ham hayron qolishgan.

Robert Odessa oydinlari Yuriy Olesh, Eduard Bagritskiy, Valentin Kataevlar bilan oshno bo‘ldi.

41925 yilda Robert Grabbe bir gurux rassomu ëzuvchilar bilan birga Leningradga yo‘l oldi.

Badiiy akademiyada o‘qish jaraënida Robert Grabbet siluet yaratish, guash va kitob grafikasi bo‘yicha komil malaka oldi.

1930 yildan boshlab Grabbe Moskvadagi nashriëtlar va jaridalar uchun ijod qila boshladi.

Aynan shu davrda Grabbe kitob grafikasida yangilik bo‘lgan qog‘ozdan siluet kesish texnikasidan unumli foydalandi.

5Grabbe o‘z bezaklarining hassos stil va aniq liniyalarga ega bo‘lishi uchun chandon tirishardi.

U o‘z siluetlarining rangtasvirga yaqin bo‘lishini istagan edi.

Darvoqe aynan Grabbe professional rassomlar ichida rangli qog‘ozlardan siluet kesaroq asar yaratgan ilk musavvir edi.

7Grabbe ta'biriga ko‘ra,“oldin kontur keyin esa toza rangli, soya-detallardan mosuvo plastik forma yaratar” edi.

(Buyuk rassom Anri Matiss bu texnikaga umrining oxirida kirishgan edi. Mo‘yqalamni qaychiga almashgan rassom “qaychi bilan kesaroq rang ichiga kirib boraman” deya ta'kidlagan edi rassom.)

O‘ttizinchi yillarda Grabbe ko‘plab kitoblarni qog‘ozdan kesilgan siluetlar vositasida bezadi.
Grabbedan oldin qog‘ozdan siluet kesish kurortlardagi havaskor rassomlarning tirikchiligi edi.

Grabbe bu uslubni san'at martabasiga eltishni orzuladi. Grafikadagi ofort, ksilografiya va litografiya kabi vositalar ënida qaychi bilan siluet kesish texnikasi ham bo‘lishini istadi rassom.8

Keyinchalik Robert Andreevich “San'at dunësi” (Mir iskusstv) uyushmasiga kirgan rassomlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatni alam bilan eslagan edi. Sotsialistik realizm darg‘alari nazarida siluet san'at emas edi.

Formalizmda ayblangan Grabbe ishsiz qoldi. Faqat ko‘ngil hushi uchun qo‘liga qaychi olib shakllar qirqdi.

Urushdan keyin Sovet mafkura og‘alari formalistlarga qarshi muxoraba boshlashdi.

Qamalib ketishdan qo‘rqqan rassom 1950 yilda boshini olib Qarag‘andaga ko‘chib ketdi.

6Ko‘mir konida maket yasaydigan rassom bo‘lib ishladi.

O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida qog‘ozdan shakl qirqish san'atiga e'tibor paydo bo‘lar ekan Grabbeni eslashdi.

Grabbe unikal rassom sifatida TV dasturlarga mehmon bo‘ldi.

E'tibordan ilxomlangan Grabbe qo‘liga qaychi olib tuya va naqshlar tarzidagi ajabtovur shakllarni rangli qog‘ozlardan qirqa boshladi.9

Robert Andreevich ëshlik paytida sharqqa talpindi. Ming bir kecha ertaklari, tuya va o‘tovlar dunësi bo‘lgan sharqning inja dunësiga maftun edi rassom.

U hali VXUTYeINda o‘qib yurgan paytlaridaëq Markaziy Osiëga ko‘p marta safar qilib mintaqaning tabiati, maishiy va madaniy haëtini o‘rgandi.
Aynan o‘sha paytda Grabbe sharq mavzusidagi kitoblarni bezadi.

Ëzuvchi Amir Sargidjan qalamiga mansub “Poslednyaya Buxara” va “Yegiptyanin” kitoblari Grabbe tarafidan siluet texnikasida bezaldi.

(Amir Sargidjan taxallusi bilan 1941 yilda O‘zbekistonda yashagan ëzuvchi Sergey Petrovich Borodin (1902 -1974) ijod qilgan)

Bu kitob illyustratsiyasida sharqona kolorit ënida Markaziy Osiëni yaxshi bilgan rassom fitrati ham bilinib turar edi.

Qozog‘istonda yashagan rassom Cho‘qon Valixonov va Omongeldi potretlarini ishladi.

10

Umr adog‘ida rassom kasalligiga qaramasdan “O‘rta Osië”, “Turkiston” kabi rangli siluetlardan tarkib topgan albomlarni yaratib qoldirdi.

Foto: Domodedova tarixiy-badiiy muzeyi kollektsiyasidan, shuningdek RGB fondida saqlanayotgan kitobiy bezaklardan olindi.

Akmal Rizaev

O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 june 2016
Farg‘ona viloyatning ta'lim muassasalari direktorlari ikkitadan olishi kerak bo‘lgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiorining ...
21 may 2024
Qirg‘iz etnofashistlaridan iborat olomon Bishkekda chet elliklarga hujum qildi – o‘nlab odam yaralandi. Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 18 mayga o‘tar ...
26 december 2016
Yer Oydan, Quyoshdan ajralib qolsa, u yo‘q bo‘lib ketadi. Buni bilish uchun astronom bo‘lish shart emas. Lekin O‘zbekiston misolida ...
9 may 2018
O‘zbekistonda bu yilgi 9 mayni eski sovet an'analariga xos nishonlashga har yilgidan oshiqcha g‘ayrat ko‘rsatilmoqda. Bu tadbirlardan, «Eltuz» nashri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...