Asosiy mavzular
7 november 2016

Abdulla Oripovning dafn marosimi payshanbaga qoldirildi (yangilangan)

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik qoldirilgani kabi chorshanba kuni xam emas, balki payshanba kuni dafn qilinishi mo‘ljallanayotgani bildirildi.

«Shoir jasadi solingan temir tobut kechikdi. Tobut Texasdan Nyu-Yorkka, Nyu-Yorkdan Moskvaga keltiriladi. Chorshanba kuni prezident uchog‘i Moskvaga borib Oripovni tobutini yuklab qaytadi», degan edi bundan ilgari eltuz.com manbaci.

Keyin esa, xali xam tobut Amerikadan yetib kelmagani, muftiy Usmonxon Alimov va Vazirlar Maxkamasi Diniy ishlar qo‘mitasi raisi Ortiqali Yusupovlar shoirning oila a'zolari bilan janoza marosimini qachon o‘tkazishni kelishib olishgani xaqida xabar keldi.

Bundan oldin shoirning janozasi shanba kuni Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solingan.

Eltuz.com manbasining aytishicha, yakshanba kunidan boshlab shoirning Do‘rmondagi hovlisiga fotiha o‘qish uchun odamlar kela boshlagan.

Duogo‘ylarni shoirning akasi Abdurazzoq Oripov va shoirning qizi Shoira Oripova kutib olmoqda.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

«Qora lola» shoirga so‘ng maskan hozirlamoqda

Shoirni Chig‘atoy qabristoniga ko‘mish tadorigi Toshkentdagi «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi zimmasiga yuklatilgani aytildi.

Qabristoni ma'muriyati, «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi va Toshkentdagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rasmiylarining nashrimizga tasdiqlashicha shoir uchun qabriston markazidan joy ajratilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 june 2025
Franklin Templeton kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasiga tegishli $1.7 milliardlik davlat aktivlarini xususiylashtirishni boshqaradi, deya xabar berdi Financial Times. ...
5 february 2022
29 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) @Eltuz telegram-kanalida bir kun ilgari (28 yanvar kuni) chiqqan xabarga raddiya ...
20 september 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida 25 sentyabrga rejalangan Rauf Parfining 75 yilligi tadbirining taqiqlanishi ortidan feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ...
14 november 2025
Prezident maslahatchisi Ruslan Davletovning ma'lum qilishicha, Buxoro davlat texnika universiteti bugungi kunda jinoyatchilik sodir etilishi bo‘yicha Respublikada ikkinchi o‘rinda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...