Asosiy mavzular
21 november 2016

Dastur bor, munosib mehnat yo‘q

«Xalq so‘zi» gazetasi (19.11) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki ishtirokida mamlakatda Munosib mehnat dasturining amalga oshirilishi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilganini xabar qildi.

Maqolada O‘zbekistondagi Munosib mehnat dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangani ma'lum qilinadi.

Maqola aholiga munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik asoslari mustahkamlanayotgani, ishchi-xizmatchilarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlarini ta'minlashda qator natijalarga erishilayotgani kabi umumiy gaplardan iborat.

Agar adashmasak, mazkur dasturda qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta xomashyosi yetishtirish sohasiga oid masalalar ham kiritilgan. Masalan, Xalqaro mehnat tashkiloti bu sohadagi majburiy mehnatni bartaraf etish masalasini ko‘ndalang qo‘yayotgani, Jahon banki esa har bir viloyatdan bittadan tumanda o‘z monitoringini tashkil etgani haqida ma'lumotlar bor.

Tabiiyki, maqolada bu masala yuzasidan birorta arzirli gap yo‘q. Faqat undan «hukumatimiz tomonidan 2016-2018 yillarda qishloq xo‘jaligidagi xodimlar mehnat sharoitlari, bandligi va ijtimoiy himoyasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlanib, amaliyotga tatbiq etilayotgani»ni bilib olishimiz mumkin, xolos.

Eng e'tiborlisi, maqolada «xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimizda XMT konventsiyalari ijrosi doirasidagi ishlar va O‘zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan olib borayotgan konstruktiv aloqalarini ijobiy baholagani» ta'kidlanadi.

O‘zbekiston XMTning majburiy mehnat va bolalar mehnatiga oid konventsiyalari talablarini muntazam buzib kelayotgan, xususan, joriy yilda ham paxta yetishtirish tarmog‘ida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan keng foydalangan bir paytda ijobiy baholash to‘g‘risida qanday gap bo‘lishi mumkin?

Balki «Xalq so‘zi» yana o‘z mushtariylarini aldadimikin?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 october 2023
Shveytsariya prokuraturasi O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovani yuzlab million dollar pora yuvish bilan shug‘ullangan xalqaro jinoiy guruhni boshqarishda ...
29 august 2018
26 avgust kuni efirga ketgan «Munosabat» ko‘rsatuvi ishtirok etgan Politexnika universiteti o‘qituvchisi Abdullaeva Anjelika hech kimga so‘z bermay «ma'naviyat» ...
14 april 2025
O‘zbekistondagi sud tizimi nega reforma qilinishi kerakligi haqida boshlab qo‘ygan mavzuni davom ettiramiz.  Videolavhaning birinchi qismi havolasi tasvir ostidagi birinchi komentda.  Vakolatsiz odam nega ariza ëzadi? Bu xolatdaki paradoks shuki qonunga ko‘ra mutloqo vakolati bo‘lmagan shaxs (Sayfuddinov Sardor) nomidan Bosh prokuraturaga shikoyat ariza tashkillashtirilgan.  Davlat ulushi bo‘lmagan tadbirkorlik sub'ekti(aktsionerlik jamiyati) ga nisbatan tadbirkorliksub'ektlarini himoya qiluvchi qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlariga zid ravishda  tekshirishlar tashkillashtirishib, dastlabki tergov harakatlarini olib borishib, oqibatda 19 nafar (shundan 14 nafari 6 oydan ortiq muddat mobaynida qamoqda saqlanmoqda) malakali mutaxassislar va boshqa ishchilarni jinoiy javobgarlikka tortishgan. .Shamsiddinov va uning qarindosh (“buyurtma jinoyat ishi”ga mutloqo aloqasi bo‘lmagan) larning oddiy qo‘ltaqinchog‘idan tortib, avtomashinasigacha; fermer ho‘jaligi binosidan tortib, turar joyigacha; qonuniy tadbirkorlik sub'ektlarigacha xatlab tashlashgan.  ...
18 october 2015
Assalomu alaykum aziz hamyurtlar! Men bu voqeani sizlarga aytmasam bir umr bo‘ynimda qarz bo‘lib qoladi. Shu sababli uzoq o‘ylab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...