Asosiy mavzular
24 november 2016

A'zam Farmonov: Bizga o‘xshaganlar xalqaro tashkilotlar ko‘magi bilangina ozod bo‘lishi mumkin

2016 yilning 11 noyabrida o‘zbek huquq himoyachisining ayoli u bilan turmada uchrashdi. Safar oldidan biz Ozoda Yoqubovadan uning mahkumlikdagi hayoti haqida bir qancha savollarimizni yetkazishni so‘radik. Ozodaning gapiga ko‘ra, turmadan biror yozuv olib chiqish taqiqlangan, biroq u savollarni berishga va A'zam Farmonovning javoblarini bizga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, A'zam Farmonov (38) mana o‘n yildan ortiq, Qoraqalpog‘istonning ekologik halokat zonasida joylashgan mash'um Jasliq turmasida qolmoqda.

2002 yili BMT qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Teo Van Boven uni yopishni taklif qilgan edi.

2006 yilning aprelida A'zam Farmonov 300 dollarga teng pul «ta'magirligi»da ayblanib 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 2015 yilning aprelida, jazo muddagi yakuniga yetgan payt uning muddatini «Jazoni ijro qilish muassasasi qonuniy talablarini bajarmaganligi» uchun tag‘in 5 yilga uzaytirishdi.

O‘zbekistonda siyosiy mahkumlarga nisbatan jazoni uzaytirish tajribasi keng qo‘llanib kelinadi. Odatda bunday sudlar turma hududida, yopiq rejimda o‘tkaziladi, ayblov guvohlari sifatida turma nozirlari va mahkumlargina qatnashishadi, mahkumning qarindoshlari esa muddatning uzaytirilgani haqida sud qarori e'lon qilinganidan keyingina bilishadi.

O‘tayotgan kunlaringiz haqida gapirib bersangiz. Siz bilan birga kamerada nechta odam bor? Ular bilan sizning munosabatingiz qanday?

A'zam Farmonov: O‘tayotgan kunlarim haqida gapirsam, avvalo bu yerda sharoitlar men dastlab kelgan paytlarimdan buyon ancha o‘zgarganini aytishim mumkin. Uch mahal ovqat. Ovqatlari ham yaxshi. Har kuni menyuda tuxum bor. Bu yerda har bir mahkum faqatgina o‘z oilasini, bola-chaqasini tunu-kun o‘ylaydi. Yaxshi kunlarni kutib, umid qilib yashaydi. Tezroq ozodlikka chiqish, bola-chaqasining bag‘riga qaytishni o‘ylaydi. Men ham albatta mana shu orzular bilan 10,5 yildan buyon umid bilan yashab kelmoqdaman.

Turma sharoitlari haqida gapirib bersangiz. Qanday ovqatlantirishadi? Kameralar yetarli darajada iliqmi?

A'zam Farmonov: Bizda uch maxal ovkat, ertalab nonushta, tushlikda ikki hil ovkat va kechki ovqat. Otryadning har bir brigadasida 10-12 tagacha mahkum bor. Men yashaydigan 1-otryadda xonalar qishda issiq bo‘ladi. Yozda salqin bo‘ladi. Uydan oila a'zolarim olib kelayotgan oziq-ovqatlar va muassasa berayotgan ovqatlar bilan ochlikni his qilmaymiz. Kunduz kuni televizor tomosha qilamiz. Kutubxonadan kitoblar olib o‘qiyman. Muassasa kutubxonasida ko‘proq detektiv kitoblar bor. Ularni men allaqachon o‘qib bo‘lganman. O‘zbek asarlari bo‘lsa men albatta ularni o‘qirdim. Men kabi boshqa mahkumlar ham o‘zimizning o‘zbek yozuvchilari asarlari bo‘lsa albatta o‘qigan bo‘lishar edi.

Turma nozirlarining sizga munosabati qanday?

A'zam Farmonov: Turma xodimlarining menga munosabati yaxshi. Menga nisbatan hozircha hech qanday zo‘rovonlik bo‘lgani yo‘q. Bo‘lgan paytlari ham bo‘lgan. Lekin, hozir menga zo‘rovonlik qilinayotgani yo‘q. «Ezgulik» tashkilotini a'zolari Vasila opa va Abdurahmon akalar kelib uchrashib ketishdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, vaziyat ancha iliqlashgan.

Jasliqdagi maxkumlarning aksariyati haqiqatan ham diniy yoki siyosiy sabab qamalganlarmi?

Azam Farmonov: Boshqa muassasalarda bo‘lgani kabi Jasliqda ham har xil toifadagi mahkumlar bor. Haqiqiy jinoyat sodir qilganlar ham, diniy-siyosiy mahkumlar ham.

Yaqinda amnistiya e'lon qilingan edi, Sizni bu amnistiyaga tushirishadimi?

Amnistiya akti e'lon qilingani bizga o‘xshagan mahkumlar uchun hech qanday ahamiyatga emasday. 10,5 yildan buyon bunga amin bo‘ldim. Amnistiya chiqishidan oldin bizga har yili ichki tartibni buzdi deb tartibbuzarlik yozilmoqda. Bunday mahkumlar amnistiyadan mahrum bulib kolishaveradi. Bizga o‘xshagan mahkumlar faqatgina xalqaro tashkilotlarning ko‘magi bilangina ozodlikka chikishimiz mumkin.

Jasliqning olis yo‘li video: https://youtu.be/JW_DOxJ-Ekk

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 august 2018
2002 yilning 31 martida kutilmaganda Muhammad Bekjon Zarafshondagi 48-zonaga etap qilinadi… Siyosiy mahkumni sil kasalining o‘tkir turiga chalingan mahkum ...
10 october 2025
Hindistonda Sresan Pharmaceutical Manufacturer farmatsevtika kompaniyasining egasi hibsga olindi. U ishlab chiqargan yo‘tal siropini iste'mol qilgandan so‘ng kamida 19 nafar bola halok ...
22 april 2016
«Avakyan ishi» nomi bilan shov-shuv bo‘layotgan jinoyat ishi to‘g‘risidagi «fosh etuvchi» tafsilotlar O‘zbekiston TVsi ekranidan o‘zbek internet resurslariga ko‘chdi. ...
2 march 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...