ART-DURBIN
24 december 2016

Yangi quësh ostidagi “o‘zbek” suvrati

Arkadiy Shayxet (1898 – 1959 yy.) sovet mafkuraviy fotoreportaj sohasining ko‘zga ko‘ringan arbobi. Uqubatli haëtni “maftunkor haqiqatga” aylantirish bo‘yicha mafkura jabhasining komil ustasiga aylangan suratchi.

Shayxet suratlari yigirmanchi asrning birinchi yarmida SSSRda kechgan voqealar fotoentsiklopediyasidir.

Arkadiy Shayxet, Farg‘ona kanali, 1939

Arkadiy Shayxetni bilganlar nazarida, u erishgan yutuq ortida katta mehnat ëtibdi.

Rassom G‘ayrat Qo‘ziboevning ta'kidicha, Shayxet suratkashlik ishini telbalarcha sevar edi.

Mayda detallarga diqqat, manzaraning eng muhim moxiyatini tez aniqlay olish kabi fitrat sohibi edi.

Aynan shu salohiyat mevasi o‘laroq ideal kompozitsiya o‘rnagi bo‘lgan rasmlar dunëga kelgani aytiladi.

Arkadiy Shayxet, Cho‘pon va qo‘ylar, O‘zbekiston 1935

Tanqidchilar esa Shayxetning “samimiy” tasvirlari oldindan postanovka qilingan yasama buyurtma foto-teatr ekanligini pisanda qilishadi.

Bu taxlit tasvirlarni suratga olishda Shayxet chegarachini haykal pozasida qaqqayib turishini tashkil qiladi, konveyerdagi mashinalar silsilasini fotoob'ektiv uchun qulay xolatda tizilishini oldindan ta'minlaydi.

Munaqqidlarga ko‘ra Shayxetning “Yangi quësh ostidagi o‘zbek” surati oldindan sahnalashtirilgan yasama hikoyadir.

Arkadiy Shayxet, Yangi quyosh ostidagi o‘zbek, Ambulatoriya

Suratda kvarts ëritqichi ostida ëtgan o‘zbek chol tasvirlangan. Bu rasm ba'zi tanqidchilar nazarida yasama deb ko‘rilsa, boshqa munaqqidlar uchun sovet formati ichiga qamalgan “o‘zbek” haqidagi syurrealistik haqiqatdir.

Shayxet qo‘lida sovet mafkura matbuoti bergan guvohnoma bor edi. Bu guvohnoma har qanday eshikni ochishga qodir va har qanday mulozimni suratkash istagan pozada turishga majburlaydigan qudratli hujjat edi.

Arkadiy Shayxet, Dohiylarning portretlari, 1939

«Ammo Shayxet bu hujjatdan foydalanmas va o‘z insoniy jozibasi bilan odamlar qalbiga yo‘l topar edi», deydi rassom G‘ayrat Qo‘ziboev.

Unga ko‘ra, suratkash kamerasi oldida oddiy o‘zbeklar o‘zlarini bemalol tutishgan, Shayxet bilan otamlashib qadrdon bo‘lishgan.

Ammo, davron o‘zgarib «Ogonek» jurnali Shayxet rasmlariga buyurtma bermay qo‘ydi.

Fotografning kommunistlar partiyasiga kirmagani va rahbar bo‘lish taklifiga rad javob bergani uni asta sekin istalmagaan shaxsga aylantirdi.

Arkadiy Shayxet, Farg‘ona kanali, 1939

1938 yili Shayxet o‘zi 13 yil ishlagan «Ogonek» jurnalidan ketishga majburlandi.

Aynan o‘sha yili suratkash O‘zbekistonga yo‘l olib Katta Farg‘ona kanali qurilishi haqida suratlar seriyasini yaratdi.

Arkadiy Shayxet, Farg‘ona kanali, 1939

Bu uqubatli majburiyatdan iborat qurilishda Maks Penson kabi taniqli suratchilar ham rasm olishar edi.

Solishtiriladigan bo‘linsa, Shayxetning Farg‘onada olgan rasmlari ob'ektivligi bilan ajralishini ko‘ramiz.

Shayxet Turkiston tuproqlarini 1920 yildan boshlab, qo‘lida fotoapparat bilan kezgan maslak fidoyisi o‘laroq tarixga kirdi.

U tushirgan rasmlar fotosuratchilik mahorati sifatida ham muhtasham ekani aytiladi.

Suratlar: Rossiya Davlat kinofotohujjatlar arxivi va  Multimedia Art Muzey kollektsiyasidan.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 august 2023
Eltuzga obunachilardan biri Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning sobiq direktori Umida Tursunova o‘rtasida ...
18 september 2023
Eltuzga Namangan viloyati Chortoq tuman ichki ishlar bo‘limi matbuot kotibi Hasanboy Axmedovning 21 avgust kuni tunda shifokorlarni urib do‘pposlagani, ...
6 february 2022
U ko‘p gaplarni o‘zining auditoriyasidagi savol hamda muammolardan kelib chiqib gapirayapti (videoni to‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman). Treningda erga tegishni ...
19 september 2025
Amerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...