ART-DURBIN
5 january 2017

Toshkentning go‘zal me'moriy yuziga chaplangan loy

Zilziladan keyin vayron bo‘lgan Toshkent o‘z ijodiy imkoniyatini realizatsiya qilish uchun yer qidirgan sovet me'morlari uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

Rassom oq bo‘zda qanday ijod qilsa, sovet me'morlari ham yangi Toshkentni shu tariqa yaratishdi.

Keng ko‘chalar, favvoralar va sharq girix naqqoshligi unsurlari aks etgan oq marmar binolar.

«Nur tarat Toshkent – sharqning yulduzi» deya qo‘shiqlar qo‘shildi bu shaharga.

1975 yili Toshkent markazini barpo etgan me'morlarning katta guruhiga SSSR davlat mukofoti berildi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yili Toshkent markazi tugallangan me'moriy ansambl maqomida edi.

Mustaqillikdan oldingi Toshkent

Yetakchi sovet me'morlari yaratgan Toshkent markazi Karimov diktaturasining 25 yilida tinimsiz vayron qilindi, buzildi, kesildi, sindirildi va yo‘q qilindi.

«Kelajak avlodlarga nima qoladi tushunmayman. Markazdagi sovet me'morchiligini buzishdi. Uning o‘rniga bizga didsiz va malakasiz qurilmalarni taklif qilishdi», deydi afsus bilan toshkentlik rassom G‘ayrat Qo‘ziboev.

Unga ko‘ra Karimov davrida qurilgan binolar originallik va estetikadan mosuvo bo‘lish barobarida salomatlik uchun tahdid manbai ham bo‘lmoqda.

Piëdalar uchun yo‘laklar, mashina park qiladigan yerlarning yo‘qligi va shahardagi jamoat transportining eski tizimi barbod bo‘lgani Toshkentni yashash uchun noqulay shaharga aylantirdi.

Savod, farosat va diddan mosuvo bo‘lgan mahalliy mulozimlarning zamonaviy megapolisda yashaëtgan shaharliklar ehtiëjiga bepisand qarashi vaziyatni yana ëmonlashtirgan.

Joxil mulozimlardan tarkib topgan hukumat Toshkentga yillardan beri surunkali tarzda bepisand va ta'bir joiz bo‘lsa nafrat bilan qaraydi.

Bu mulozimlar shaharni buzib va shaharliklarni kamsitib huzur olsalar kerak degan fikr paydo bo‘ladi.

Har hil «Murod-Bilding» qabilidagi psevdo qurilish shirkatlari shahar markazida rasvoi-raddi balo alyukobond kepatalar qurishda g‘ayrat qilmoqda.

Bu falokat qurilishlar oqibatida bog‘lar, qadimiy binolar yo‘q bo‘lmoqda. Bunga e'tiroz bildirmoqchi bo‘lganlar esa mulozimlar tahdidi ostida qolmoqda.

Karimov davrida g‘ajilgan shaharning ertangi me'moriy qiëfasi qanday bo‘lishi mavhum.

Mirziëev hali Bosh vazir paytida barmog‘ini shahar haritasiga niqtab Buyuk Ipak yo‘li massivi deb atalgan sokin go‘shani bir oy ichida yo‘q qilgan edi.

Bu massiv infratizim va tashqi jozibadan mosuvo qilinib “sahroga” aylantirildi.

Toshkent me'moriy taqdiri ertaga nima bo‘lishi haqida tahlikali misol kabi ko‘rinadi bu.

Bir vaqtlar Markaziy Osiëning eng go‘zal shahri bo‘lgan Toshkent uchun yangi hukumat prorablari qanday ko‘rguliklar tayërlaëtani hozircha noma'lum.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 june 2016
Turkiya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Terrorchilardan biri O‘zbekiston vatandoshi. Yana biri esa Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston respublikasidan yana ...
22 october 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
11 august 2018
Namangan viloyatining Uychi tumani markazida hokimlik ishchilari kesgan katta chinor daraxti yo‘lovchilardan birini bosib o‘ldirdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Vazirlar ...
10 september 2017
8 centyabr kuni «O‘zbegim» festivalida Ginnes rekordi uchun tayyorlangan 8 tonnalik osh, o‘zbeklar o‘rtasida tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Rassom Tuz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...