ART-DURBIN
11 january 2017

Islomiy inqilobni suratga olgan ijodkor

Dunëdagi eng ishi yurishgan fotosuratchilardan biri 73 yashar Attor Abbos Eronda dunëga kelib Parijda dunëga tanildi. U hali sakkiz ëshda ekanida Frantsiya nazoratidagi Jazoirga ko‘chib o‘tdi.

Buxoro, 1993 yil. Juiboriy Kalon madrasasi, diniy ta'lim maktabi © www.abbas.site

1978 yildan to 1980 yilgacha hukm surgan Eron Islomiy inqilobini Abbos qo‘lidagi fotoapparat bilan kuzatadi.

1983 yilda Meksikaga saëhat qilgan Abbos bu mamlakat ko‘rinishlarini suratga olish asnosida fotografiya maslagiga oshiq bo‘ldi.

Buxoro, 1993 yil. Mir Arab madrasasi, talaba © www.abbas.site

Shundan keyin Marokashga safar qilgan Abbos bu mamlakatda uzoq qoldi va islomga talpinish mavzusini o‘zi uchun kashf qildi.

Bu mavzuni ëritish uchun Abbos urush jangoxlari, mahalliy nizo olovi chiqqan joylar, inqilob va to‘ntarishlar bois ag‘dar-to‘ntar bo‘lgan makonlarni kezib chiqdi.

Buxoro, 1993 yil © www.abbas.site

Bu zahmat zamarasi o‘laroq 1994 yilda uning “Olloxu Akbar: Jangari islom uzra saëhat” degan fotoalbomi nashr qilindi.

Samarqand, 1993 yil. Qur'onni o‘rganish maktabi © www.abbas.site

Bu kitob 2001 yilda terror hujumini boshdan kechirgan AQShda mashxur bo‘ldi.

Samarqand, 1993. Imom Al Buxoriy madrasasi © www.abbas.site

Gorbachevning “qayta qurish” yillarida Abbos Markaziy Osiëga safar qilib islomga intilish harakatlarining tetapoya davrini tasmaga muxrladi.

Xiva, 1987 yil © www.abbas.site

Bu rasmlarda sho‘ro ateizmidan charchab, Gorbachev bergan ozodlik qanotida islomga talpingan mintaqa aholisining bokira tuyg‘ulari aks etgan.

Buxoro, 1993 yil. Mir Arab madrasasi © www.abbas.site

Abbos “Magnum Fotos” agentligining egasidir.

Akmal Rizaev

O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2016
Eltuz.com mahalliy qo‘shiqchi va san'atkorlarni turli chegaralardan chiqmaslikka da'vat qilib kelayotgan o‘zbek mulozimlari hajv etilgan rassom Tuzning yangi karikaturasini ...
26 january 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
15 october 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, million nusxada kitob bo‘lsin, ...
24 january 2016
Taniqli qo‘shiqchi, 45 yashar Nargiz Zokirova shanba kuni Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob aëlning tajovuziga uchradi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...