Asosiy mavzular
17 january 2017

39 kishini o‘ldirganlikda gumon qilingan Masharipov ushlandi

17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch aël ham qo‘lga olingan.

Shu bilan birga Istanbuldagi Markaziy Osiëdan kelgan salafiylar yashaydigan hujralarda reydlar davom etmoqda.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, terrorchinig ënida 4 yashar o‘g‘li ham bo‘lgan. Gumon qilinuvchilar Vatan ko‘chasidagi Istanbul Amniyat mudirligiga keltirilgan.

O‘ta sir tutilgan amaliët Istanbul Amniyat mudirligi Terrorga qarshi kurash va istixborat sho‘'basi tarafidan amalga oshirildi.

Moltepadagi reyd paytida qo‘lga olingan ayollardan biri

Matbuot habarlariga ko‘ra terrorchi yashaëtan uyiga birdan bosqin uyushtirilgan va Masharipovning qo‘l-oëg‘i kishanlangan.

Qo‘liga kishan solinaëtgan paytda Masharipov zobitlarga tashlangan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘liga kishan solingan Masharipov amniyat zobitlari tarafidan kaltaklangan.

Masharipov turk matbuotida o‘zbekistonlik ëki tagi o‘zbek degan tarzda taqdim qilinmoqda.

Masharipovning O‘zbekiston vatandoshi ekanligi haqida aniqlama yo‘q.

Uning xotini va bir yarim yashar qizi Istanbulning Moltepa mavzesida salafiy o‘zbeklar yashaydigan mahallalardan birida 12 yanvar kuni o‘tkazilgan reyd chog‘ida qo‘lga olingan edi.

Ayni reyddan sal avval Masharipov 4 yashar o‘g‘lini olib qochib ketgani ham aniqlandi.

Turk matbuotida ëzilishicha, IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasi faollari tarafidan Istambulga keltirilgan.

Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

IShID archaga qarshi

IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 january 2023
Joriy yil boshida sobiq jismoniy tarbiya va sport vazirligining  bir nechta yuqori mulozimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  167-moddasi 3-qismi, «a» ...
29 august 2025
Yuksak didli shoir do‘stimiz  Boltaboy Begmatovning maddox shoirlarga e'tirozi: Shoirlar poytaxtga ko‘chib ketdilar, Otiz senga qoldi, chel senga qoldi. ...
4 march 2021
Til mavzusi bizni 70-80-yillardan boshlab qiynab kelayotgan mavzu edi. Albatta, u paytda o‘zbek tili davlat tili sifatida emas, balki ...
11 october 2025
«El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam…» Bu gaplarni ko‘pchilik uchun emas Yutubdan meni izlab topgan eng sadoqatli obunachilarim, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...