Asosiy mavzular
11 march 2023

11 mart – Litva mustaqilligi akti imzolangan kun

1990 yilning 11 martida Litva parlamenti davlat mustaqilligi tiklangani haqidagi aktni tasdiqladi.

80-yillarda Boltiqbo‘yi mamlakatlarida boshlangan milliy ozodlik harakatlari keyinchalik O‘zbekiston mustaqilligining ham xamirturushi bo‘lgan edi.

Sovet imperiyasiga qarshi Litva, Latviya va Estoniya xalqlari yakdil kurash olib borishgan

1988 yili tashkil topgan «Sayudis» ijtimoiy-siyosiy harakati madaniy qadriyatlar, demokratiya, iqtisodiy erkinliklarni ko‘zlab, amalda davlat mustaqilligini tiklash ishlariga bosh bo‘ldi.

Ayni harakat tamoyillari keyinchalik «O‘zbekiston erkin yoshlari uyushmasi» va «Birlik» xalq harakati nizomi uchun asos qilib olindi.

Boltiqbo‘yi xalqlarining ozodlik harakati o‘zbek muxolifati uchun ham o‘rnak bo‘ldi

Zohir A'lam, Davron Yo‘ldoshev kabi o‘zbek ijodkorlari ham o‘sha yillari Litvaga borib, «Sayudis»ning erkinlik uchun kurash uslublarini o‘rganib qaytishgan edi.

1988 yili Litva, Estoniya va Latviya muxolifati vakillari SSSR tarkibidagi boshqa respublikalar, xususan, O‘zbekiston bilan ham aloqalar olib borishgani, «Pribaltizdat» nomi bilan mashhur nashrlarning butun ittifoq bo‘ylab qo‘lma-qo‘l tarqalgani haqida ma'lumotlar bor.

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida yoshlar yashirincha o‘qiydigan, Rossiyada chop etilgan qo‘lbola inqilobiy «samizdat»lardan farqli o‘laroq, «Sayudis»ning rus tilidagi «Vozrojdenie», «Soglasiya», «Kauna aydas» vaqtli nashrlari poligrafiya sifati bilan ham ajralib turar edi.

1988-89 yillarda «Turkiston yoshlari manifesti», «Ku-ku-88», «Erkin so‘z», «Birlik» kabi «samizdat»lar chiqarilgan.

1989 yilning 18 mayida Litva SSR Oliy Kengashi respublika suverenitetini e'lon qildi, 1990 yilning 11 martida esa Litva mustaqilligining tiklanishi aktini qabul qildi.

1991 yili Litva Respublikasi mustaqilligi ilk bor Islandiya tomonidan tan olindi. Avgust putchidan keyin esa Rossiya tomonidan ham e'tirof etildi.

1991 yilning 17 sentyabrida Litva BMTga a'zo bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 december 2019
Chunki hali O‘zbekistonda saylovni to‘liq demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish uchun yetarlicha sharoit mavjud emas. Xuddi shunday fikr bildirgan mustaqil ...
14 january 2026
Ming chaqirimlik yo‘l ham bir qadamdan boshlanadi.
6 april 2018
Facebook ning 87 milliontagacha foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan siyosiy konsalting maqsadlarida yig‘ib borilgani haqidagi xabarlar ortidan ...
22 february 2023
O‘zbekiston Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududiga 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordam yukini jo‘natdi. Avvalroq Turkiyaga ham 170 tonna gumanitar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...