Asosiy mavzular
7 april 2017

Antiginekolog imomdan arz qilgan aël tazyiqqa uchradi

Erkaklarning doyalik qilishini «sharmandalik» deya atagan 42 yoshli toshkentlik imom xatib Rahmatulloh Sayfutdinov chaqirig‘i ortidan vazirlikka shikoyat qilgan Farida Sharifga tazyiqlar boshlandi.

Imom tarafdorlari va qarshilar o‘rtasidagi munozara, Sayfutdinovning o‘z fikridan qaytganidan keyin ham davom etmoqda.

Toshkentlik tilshunos Farida Sharif, bu haqda Tibbiyot vazirligiga murojaat etganidan so‘ng imom tarafdorlari hujumi ostida qolganini Eltuz muxbiri bilan suhbatida bildirdi:

«Meni sudga berishmoqchi. Biroq bu tahdidlar asosan bu milliy va diniy mazmundagi haqoratlardan iborat»

Farida shuningdek, uni feysbuk tarmog‘ida «kofir, o‘risparast va yahudiy» deb atayotganlarni mutlaqo tanimasligini bildiradi.

Rasmiy javob yo‘q

Tilshunos Farida Sharif Yunusobod imomining iddaolari yuzasidan Tibbiyot vazirligiga qilgan murojaatiga hamon javob olmaganini Eltuz muxbiriga bildiradi.

«Murojaatimda men, ayni iddaoga munosabat bildirilishini so‘radim. Chunki mening nazarimda, tibbiyot muassasalari uchun kadrlar tayyorlash masalasi davlat organlari tomonidan yechilishi lozim», dedi Farida Sharif.

Eltuzga bildirishicha u bu haqda, 5-aprel kuni Cog‘liqni saqlash vazirligining Feysbukdagi sahifasiga yozgan.

Bu haqdagi matn uning sahifasida paydo bo‘lgach, imom tarafdorlarining unga qarshi huruji ham boshlangan.

Imom o‘z fikridan qaytdimi?

Ozodlik radiosiga 4 aprel kuni intervyu bergan Yunusobod imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov erkaklarning doyalik qilishiga qarshi baënotidan qaytganini qisman bildirgan. Lekin Farida Sharif bunday emas deydi:

«U o‘z fikridan qaytgani yo‘q. Imom shunchaki uni noto‘g‘ri tushunishganini aytdi. Umuman uning qanday haqi bor erkaklarni o‘z ayollariga erkak shifokorlarni yaqinlashtirmaslikka chaqirishga?»

Farida Sharif shuningdek, imomning faqat tibbiyot va ayollarga taalluqli da'vatiga qarshi chiqqanini aytadi, boshqa ayni jamiyatga foydali ma'ruzalari bundan mustasno.

«Masalan u, chekish – gunoh ekanini aytgan ekan. Men buni qo‘llab quvvatlayman. Biroq, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash masalasi – davlat tizilmasiga taalluqli. Qonunga ko‘ra, din davlatdan ajratilgan», deydi u.

Farida Sharifning chiqishiga qarshi iddaolar esa, imomning da'vati faqat musulmonlarga oidligi va boshqa din va irqdagilarga uning aloqasi yo‘qligini isbotlashga urinishdan iborat bo‘lib qolmoqda.

«Umuman, uning ayollarga erkak shifokorlarni yaqinlashtirmaslikni talab qilishga nima haqi bor? Ayollar bizda o‘z sog‘lig‘ini qanday himoya qilishni o‘zlari tanlash huquqiga egadir» deydi Farida Sharif.

Imom – ijtimoiy shaxsdir

Imomning masjiddagi gaplari so‘z erkinligiga bo‘lgan uning huquqi emasmi, degan Eltuz muxbiriga Farida Sharif shunday javob beradi.

«Imom – omma oldidagi yetakchi shaxs. Ayollarning lozimiga osilishdan osoni yo‘q. Uning masjid minbaridan turib, jamoat oldida aytgan fikrlari esa ayollar va ularning huquqlarini tahqirlaydi».

Farida Sharifning fikricha, jamiyat oldida katta obro‘ga ega bo‘lgan imomlar, mamlakatda islohotlar boshlanayotgan jabhada ijtimoiy muhimroq mavzularda va'z aytishlari zarur.

«Qanday kiyinish, qanday qo‘shiq aytishni o‘rgatishdan ko‘ra, chiqib: «pora olmang, yolg‘on guvohlik bermang, o‘g‘irlik qilmang, kambag‘alni xafa qilmang», deyishsa bo‘lmaydimi».

Toshkentning Yunusobod dahasidagi «Mirza Yusuf» masjidi imom xotibi, 42 yoshli, Rahmatulloh Sayfuddinov Juma ma'ruzasida erkaklarning ginekologik kasb bilan shug‘ullanishiga qarshi fikr bildirgan.

Bu ma'ruza ijtimoiy tarmoqda, jumladan uning videotasviri Youtube kanali orqali ham tarqalgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2016
O‘tgan juma kuni Istanbulda o‘z do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kunlik uy kiralagan 19 yashar turk qizi o‘sha uyda ...
6 march 2019
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 5 mart kuni bildirishicha, 10 yillik qamoq jazosini uyda o‘taëtgan 47 yoshli Gulnora Karimova  “jazoni o‘tash ...
13 july 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
18 november 2025
Gulnor o‘z xayollariga cho‘mgandi. Xatto avtobusda ketayotganini xam unutgandi. Ota komning aytgan gaplari so‘zma-so‘z yodida kolgandi. “Otalarimiz Teyirkanda yangidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...