Asosiy mavzular
26 august 2019

Milliy iqtisodiyotni yemirgan “o‘zbek modeli”

Uzoq yillar davomida rejim paxtaqo‘yarlari tomonidan og‘zi ko‘pirib maqtanilgan “taraqqiyotning o‘zbek modeli noto‘g‘ri bo‘lgani” mamlakatning eng yuqori doiralari tomonidan e'tirof etildi. 

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev parlamentning yuqori palatasi yalpi majlisida shu ma'noda bayonot berdi. 

Mustaqillikdan buyon O‘zbekiston hukumati yurmagan iqtisodiy taraqqiyot yo‘li qolmadi hisob. Avvaliga “Turkiya modeli”, “Xitoy modeli”, “Koreya modeli” kabi turli “rusum”lardagi taraqqiyot yo‘lidan yurib ko‘rdik.

Qarasak, iqtisodiyotda baribir o‘zgarish, o‘sish yetarli emas. Aldovning yangi yo‘li o‘ylab topildi – “taraqqiyotning o‘zbek modeli”.

Bugun bu “o‘zbek modeli” aslida bir tiyinga qimmat bo‘lgani, hukumat uzoq yillar davomida xalqimizni aldab kelgani tan olinmoqda. 

Aslida maddohlar taraqqiyotning marhum prezidentga nisbat bergan bu yo‘li xalqni qashshoqlashtirish, iqtisodiyotni o‘ldirishga asoslangani to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmasa-da, mantiqan e'tirof etilmoqda.

Bugun ma'lum bo‘lyaptiki, “o‘zbek modeli” mohiyatan Islom Karimov klani, Rustam Inoyatov, Rashid Qodirov, Mirabror Usmonov, Rustam Azimov kabi (bular safi ancha keng) amaldorlar va ularning yaqinlari boyishiga xizmat qilgan taraqqiyot yo‘li ekan. 

Eng achinarlisi, bir vaqtlar “o‘zimizga xos, o‘zimizga mos o‘zbek modeli”ning ajoyibotlari haqida ertak aytganlar bugun yana ulkan islohotlar haqida lof urmoqda.

Bu islohotlarning kishini hushyor torttiradigan bir jihati borki, yana noto‘g‘ri yo‘ldan ketmayotganmikanmiz, degan xayolga boshlaydi. 

Bir vaqtlar “o‘zbek modeli”ni mamlakatimizga ravo ko‘rgan amaldorlarning ko‘pchiligi bugungi islohotlarning boshida turibdi!!!

Hali bu islohotlar tayinli natija ko‘rsatmay turiboq uni ham xuddi “o‘zbek modeli” kabi ko‘tar-ko‘tar qilishning esa cheki yo‘q. 

“Uch yil avval mamlakat iqtisodiyoti halokat yoqasiga borib qolgan va prezident Shavkat Mirziyoev tufayli halokatdan qutqarib qolingan”ini aytayotir Sodiq Safoev.

Undan avvalroq esa yozuvchi Murod Muhammad Do‘st bugungi islohotlarni pufakka qiyoslab baloga qolgandi. Hozir uning bu ogohlantirishi qolib, bir vaqtlar “o‘zbek modeli” haqida maddohlik qilganlar yozuvchini internet saytlariyu ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘pposlash bilan ovora.

Birortasi “pufak” yorilmasligiga iqtisodiy asos keltirayotgani yo‘q. Ammo islohotlarning katta tavakkalchiliklari ko‘rinib turgan jihatlaridagi xatarlar haqida ogohlantirayotganlarni qoralash bilan band.

Bular bir vaqtlar “o‘zbek modeli”ni ham shunday ko‘tar-ko‘tar qilgan, o‘zbek xalqi yetishtirgan million-million paxtani bu modelning boshida turganlarning ketiga qo‘ygan edi. 

Shuning uchun bir gapni aytish bugun nihoyatda zarurga o‘xshayapti. Agar islohotlarda qandaydir xatoliklar ketayotgan bo‘lsa, bundan qo‘rqmaylik. Erta bir kun kelib, buni tuzatamiz, to‘g‘ri yo‘lni topib olamiz.

Ammo o‘sha xatoliklar, tavakkalchiliklar xataridan ogohlantirayotganlarga qarshi to‘qmoq ko‘tarib yugurayotgan maddohlardan, paxtaqo‘yarlardan ehtiyot bo‘laylik.

Chunki ular bugungi bitta xato ikkita bo‘lishiga yo‘l ochib berayotganlardir!

“Eltuz”ning O‘zbekistondagi hamkori

Tag‘in o‘qing
27 may 2016
Joriy haftada Asakadagi mashina zavodida yana 50 kishi so‘roqqa tortilib¸ shaharni tark etmaslik borasida imzo chektirildi. Bundan oldin o‘nlab ...
28 january 2026
Parijning ramzi hisoblangan Eyfel minorasi qurilishit aynan 1887 yil 28 yanvar kuni boshlangan. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda ko‘plab frantsuz ...
21 may 2018
Andijon shahrining so‘kong‘ich hokimi Dilmurod Rahmatullaevning tilini tushovlashning umuman imkoni bo‘lmayapti. O‘tgan yili shunday fe'li sababli u sud qarori ...
16 december 2019
Taniqli siyosatchi va shoir Muhammad Solih “Begona” filmining 7-qismida 80-yillarning ohirida O‘zbekistonda xalq irodasi bilan sovet tuzumiga qarshi milliy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...