Asosiy mavzular
8 april 2017

Shved politsiyasi: Samarqandlik Rahmat Aqilov terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Stokgolmda 8 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida shved politsiya vakillari 7 aprel kuni mashinani olomon ustiga haydab terakt sodir qiliganlikda gumonlanib qo‘lga olingan shaxsning O‘zbekiston vatandoshi ekanligini aytishdi.

 
Shved politsiya vakilining matbuot anjumanida aytishicha samarqandlik O‘zbekiston vatandoshi Rahmat Aqilov terror sodir qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Politsiyaga ko‘ra, 7 aprel kuni mashinani olib qochib olomon ustiga haydaganlikda gumonlangan Aqilov Samarqand shahridagi 46 o‘rta maktabni tugatgan, 39 ëshda va to‘rt farzandning otasi. Xotini va bolalari shu kunda Shvetsiyada istiqomat qiladi.

 
Politsiyanimng bildirishiga ko‘ra, u Stokgolmning chekka qismida yashab kelgan va qurilish shirkatida ishlagan.
Matbuot anjumanida qatnashgan Eltuz muxbirining aniqlashicha gumonlanuvchiga davlat tarafidan advokatlik qilish tajribali yurist Yoxan Erikson (Johan Eriksson) ga topshirilgan.
Politsiya ta'kidicha¸ Rahmat Aqilov dastlabki tergovdaëq aybiga iqror bo‘lgan.

 

Yevropa xavfsizlik hizmati nazoratida bo‘lgan


Eltuz muxbirining aniqlashicha Rahmat Aqilov haqidagi ma'lumot Germaniya havfsizlik kuchlari tarafidan berilgan. Shunigdek Aqilov Shvetsiya havfsizlik hizmati SÄPO nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari Aqilovning Rossiyada qidiruvda bo‘lgani fakti ham o‘rtaga chiqdi.

 

Aqilov O‘zbekistonda tazyiqqa uchraganligini aytib Shvetsiyadan qochqinlik maqomi so‘ragan va rad javobi olgan edi. Ana shundan keyin Aqilov minglab o‘zbek qochqinlaari kabi rad javobini appelyatsiyaga berib mamlakatda istiqomat qilaëtgan edi.

 

Aqilov Shvetsiyadagi aksar o‘zbek migrantlari qatorida IShID simpatizatori sifatida nazoratda turgan. 8 aprelgacha uni feysbukda ikki akkaunti bo‘lgan. Bu akkauntlar 8 aprel kuni Stokgolm vaqti bilan 14 da o‘chirib qo‘yildi.

 
Nima bo‘lgan edi?

Yettinchi aprel kuni, noma'lum shaxs yuk mashinasida Stokgolm markaziy ko‘chasi Drottninggatanda bir necha odamni bosib ketgan va Åhlens cavdo markazi binosiga borib urilgan edi.

 
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra to‘rt nafar odam halok bo‘lgan, 15 odam jabrlangan.

 
Shved hukumati hodisani terakt deya baholadi.

 
Kunduzi poytaxt markaziga boradigan yo‘llar, jumladan metro stantsiyalari to‘xtatib qo‘yildi.

 
Eltuz voqeani kuzatishda davom etadi. Nashrimizni kuzatib boring
Qudrat Bobojon
Shvetsiya, Stokxolm
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 october 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining ...
2 november 2015
2015 yilning 8 – 9 iyulya Jenevada Inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasining kengashi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistondagi vaziyat muhokama ...
17 june 2020
Menga berilgan qamoq jazosining tugashiga sanoqli kunlar qolganida, ya'ni yanvar oyi o‘rtalarida yonimga Antonenkoning chopari keldi va SPP Antonenko ...
22 may 2018
Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi. Prezident o‘tadigan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...