Asosiy mavzular
13 april 2017

O‘zbekistonda o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanma yo‘q

O‘zbekistonda davlat tiliga katta e'tibor haqida ko‘p gapirilayotganiga qaramay, mamlakatda o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmani topish anqoning urug‘idek qiyin bo‘lib qoldi.

«Pravda vostoka» gazetasida (12.04) chop etilgan «Tarjima qiyinchiliklari yoki o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmani qaerdan topish mumkin?» sarlavhali maqola mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi.

Maqolada yozilishicha, poytaxtdagi kitob do‘konlarida bunday turdagi yangi qo‘llanmalar yo‘q. Ammo turli-tuman lug‘atlar ko‘p.

«E.Oxunjonov tomonidan tuzilgan «Ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-ruscha so‘zlashgich» bor. U Sankt-Peterburgning «Karo» nashriyoti tomonidan chop etilgan. Uning mahalliy muqobillari qani?» deya savol qo‘yadi muallif.

«O‘zbekiston» nashriyoti vakili mazkur savolga javoban nashriyot davlat tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanma chiqarmasligini aytgan. Kitob sotuvchilar esa bunday qo‘llanma umuman yo‘qligini, shu paytgacha ham sotmaganliklarini bildirgan.

Muallif izlay-izlay, eski kitoblar sotiladigan do‘kondan o‘ziga kerakli qo‘llanmani topganini, ammo u ham 1990 yilda chiqqanini ma'lum qilgan.

«Bu qo‘llanmani varaqlab, zamon qanchalik o‘zgarib ketganini sezish mumkin. Chunki hozirga kelib juda ko‘plab so‘zlar eskirib bo‘ldi», deydi muallif.

Maqolani o‘qir ekansiz, o‘zbek tiliga o‘tgan asrning 90-yillari darajasida ham qarov yo‘q ekan, degan xulosaga kelish uchun asosingiz bordek tuyulaveradi.

Eski gazeta taxlamlarini ko‘zdan kechirarkan, jumladan 1997 yili “Hurriyat” gazetasida bosilgan “O‘zrus tilini razvivat qilaylik!” nomli hajviy maqolaga ko‘zimiz tushdi.

Tili chuchmal holga kelib qolgan, har gapiga ruscha aralashtirib gapiruvchi hajviya qahramoni o‘zrus tilini rivojlantirishni taklif qiladi.

O‘sha davrda qandaydir o‘zbekcha so‘zlashgichlar chop etilganiga qaramay, muammolar jiddiy ekaniga kinoya bilan urg‘u berarkan:

“Agar bu statyani yaxshi tushuna olmagan bo‘lsangiz, o‘zbekcha va ruscha izdanielarda perevodini chiqartirishga harakat qilaman”, deydi.

O‘sha davr bilan bugungi ahvolni solishtirarkan, o‘zrus tili O‘zbekistonda allaqachon rivojlanib bo‘ldimi degan hayolga borish mumkin.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 march 2019
Gulnora Karimovaning umumiy tartibdagi qamoqqa o‘tkazilishi va farzandlarining dunyoga sharmanda bo‘ldingiz deb jar solishi mavsum-mavsum bo‘lib davom etadigan serialni ...
31 october 2020
Joriy haftada “Uzbekistan GTL” zavodi xodimlari kasaba uyushmasi raisligiga Qarshi shahri hokimi lavozimida ishlagan Shuhrat Tursunov tayinlandi.  Mazkur zavod ishchilari oylik yo‘qligi ...
20 october 2025
Madaniy meros agentligiga qarashli Muzeylar boshqarmasi rahbari lavozimi uchun e'lon qilingan tanlov haqiqiy shaffoflikdan yiroq ekani haqida tahririyatimizga murojaat ...
20 january 2024
Salom qadrli muxlislar bugun 23 yanvar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Poytaxt viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 35 yoshli va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...