ART-DURBIN
9 june 2017

Toshkentda rassomlarning ijodxonalari vayron qilinmoqda

Deraza romlari ko‘chirib olingan Rassomlar uyi pod'ezdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi talabi bilan poytaxtdagi Rassomlar uyida buzish ishlari vaqtinchalik to‘xtagan bo‘lsada, buning dushanba kunidan davom etishi havotiri bor.

«Hamma yoqdan yomg‘ir o‘tmoqda. Ustaxona to‘la asarlar. Kecha sud ijrochisi bir nechta mardikorni boshlab kelib, uyni buzishda davom etishga majburlashayotganini aytdi. Advokat yordamida zo‘rg‘a to‘xtatdik», deydi rassom G‘ayrat Qo‘ziboev.

Uning co‘zlariga ko‘ra, 7 iyun kuni yoqqan surunkali yomg‘irdan so‘ng buzish ishlari boshlangan Toshkentdagi Rassomlar uyi atrofi huddi urush paytidagi Stalingradni eslatadi.

U mashhur O‘zbekiston xalq rassomi marhum Ne'mat Qo‘ziboevning o‘g‘li. Vayron qilinayotgan ustaxona uning onasi Mayram Qo‘ziboevaning nomida.

Ijodxonalarni buzish uchun mashinada mardikorlar olib kelindi

«Hozir tungi soat 12. Hovlimizga ulkan kranlarni olib kelishgan, butun hududdan solyarka hidi anqimoqda, qorong‘ida allakimlar timirskilanib, buzilgan joydagi nimalarnidir ajratib olayapti», deydi bugungi vaziyatni kuzatayotgan rassom.

Rassomlar uyida bir paytlar Nadejda Kashina, Karaxan, Kaydalov, Rempel, Ne'mat Qo‘ziboev kabi ulug‘ rassomlar ijod qilgan, shuningdek u yerda bugun Ne'mat Qo‘ziboev¸ Isfandiër Haydarov, Lekim Ibrohimov, Azamat Xotamovlarning ustaxonalari bor.

«Ijod uyi» tijorat maskaniga aylantirildi

Avvaliga Rassomlar uyi atrofidagi ko‘plab daraxtlar arralandi.

Eltuz nashrining o‘rganishicha, bir yil muqaddam «Charos Kommunal servis» deb ataluvchi shirkat, rassomlarning ustaxonalari joylashgan uyga «tijoriy ko‘chmas mulk» maqomini berish uchun hokimiyatga murojaat qilgan.

Keyin ular rassomlarga to‘rt baravar oshirilgan narxlarini ro‘kach qilib, «bir necha yillik qarzlari»ni to‘lashni talab qila boshlashgan.

«Ular bir qancha rassomlarni sudga berishdi. Ko‘pchilik rozi bo‘lmadi. Biroq ayrimlar qo‘rqib, ular talab qilgan bir necha millionni to‘lashga ham ulgurdi» deydi ismini aytmaslikni so‘ragan rassom.

Mojaro shu yilning boshida boshlangan

Hokimlikdan odamlar kelib, ustaxonalar atrofida ko‘chaga chiqarib qurilgan devorlarni buzishni talab qilishlashgan. Keyin garajlar buzilgan. Atrofdagi ko‘plab daraxtlar arralangan.

«Yarim yil davomida o‘z hisobimizdan hammasini buzishdi. Arra va bolta tovushlaridan qulog‘imiz yaqindagina tinchidi», deydi rassom.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlar ortida, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan tovlamachi qora rieltorlar turibdi. Mahalla qo‘mitasi va hokimiyatdagilar ham Rassomlar uyining yo‘q qilinishidan manfaatdor deydi o‘z ismi sir qolishini so‘ragan ijodkor.

So‘nggi voqealar

Ko‘chaning buzib bo‘lingan qismi

Bu maskan 1959 yili, alohida ustaxonalari, hovli va uchastkalari bilan birga, boshi berk ko‘chaga qaratib, rassomlar uchun mahsus qurilgan edi.

Hafta burun esa, u yerga Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Qutbiev Sherzod kelib, u yerdagi noqonuniy qurilgan barcha devorlarning buzilishini bildirgan.

«Garajlarimizni buzib olishga uch kungina muhlat berishdi. Garchi qonunga ko‘ra, buzish haqida yarim yil oldin ogohlantirish lozim edi», deya hasrat qiladi o‘z hisobidan mulki g‘ishtlarini ko‘chirtirayotgan haykaltarosh.

Buzishdan bir necha o‘nlab ijodkorlar jabr ko‘rmoqda. Uch kun burun hokimlik vakili, mulk egalari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda, kim kreditni to‘lamasa kvartira va ustaxonalari tortib olinishini bildirgan.

Romi olib tashlangan rassom ustaxonasi derazasi

Kimdir allaqachon o‘z ijodxonasini buzishga kirishgan, kimdir esa talab qilingan pullarni to‘lashga rozi. Biroq ijodkorlar orasida sudlashib, adolatga erishayotganlar bor.

«Bizga o‘z kreditlarini tiqishtirayotgan «Charos kommunal servis» shirkati bilan ular paydo bo‘lgan kundan, deyarli bir yildan beri sudlashamiz. Ular protokollarni qalbakilashtirishgan. Appelyatsiyani yutdik. Biroq, mojaro hali tugagani yo‘q, oldinda yangi sud majlislari bor», deydi rassom G‘ayrat Qo‘ziboev.

U hozir yangi da'vo arizasini sudga tayyorlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud pristavlari «kadastrdagi xato»ni bahona qilib uning 81 yoshli onasi Mayram Qo‘ziboevga tegishli mulkning tomini ochishga kirishishgan. Hafta burun esa ustaxona dahlizidagi deraza romlarini ko‘chirib olishgan.

«Uni sudga chaqirishdi. Biroq bora olmadi, chunki u bir necha yildirki yura olmaydi. Sud uning ishtirokisiz qaror chiqardi», deydi Qo‘ziboev.

U sud ijrochilarining o‘zlari kadastrdagi xatoni to‘g‘rilash kifoya ekanini aytayotganini bildiradi. Biroq hokim oyog‘ini tirab turibdi.

Rassomlardan ularning ustaxonalari uchun pul talab qilayotgan «Charos Kommunal servis» shirkati esa besh yilga mo‘ljallangan 70 million so‘mlik kreditning 27 millioni o‘zlashtirilganini bildirmoqda.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 june 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Navoiy va Namangan viloyatlaridan. Dastlabki maktub Surxondaryo viloyatining Denov ...
24 february 2025
Yevropa Ittifoqi va AQShning sanktsiyalari Rossiyaning harbiy-sanoat bazasini qo‘llab-quvvatlayotgan kompaniyalarga nisbatan bosimni kuchaytirishda davom etmoqda. Sanktsiyalar ro‘yxatiga kiritilgan kompaniyalar ...
28 august 2016
28 avgust kuni, O‘zbekiston tarixida ilk bor, Vazirlar Mahkamasi prezident Karimov sog‘lig‘i haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi ...
22 september 2020
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...