Asosiy mavzular
27 november 2017

Kartoshka narxi «quturyapti»

Toshkentda ashaddiy qish boshlanishidan darak beruvchi davomli yomg‘ir narx-navo keskin oshishiga ishorat o‘laroq yog‘moqda.

O‘tgan yakshanbada Toshkent bozorlarida narx-navo sezilarli ko‘tarildi. Ayniqsa, meva-cheva narxi ancha oshdi.

Lekin ikkinchi non hisoblanadigan, o‘zbek dasturxonida nondan keyin eng ko‘p ishlatiladigan kartoshka bahosi sezilarli ko‘tarilgani ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.

Bir kunda kartoshka narxi 500-700 so‘mga qimmatlab ketdi.

«Rossiyadan kartoshka kelishi to‘xtab qoldi. O‘zimizning dehqonlar ham yetishtirgan mahsulotini sotmay, g‘amlab qo‘yyapti. Kartoshka narxi bir kunda 500-600 so‘mga o‘ynab turibdi», dedi «Farhod» bozoridagi savdogarlardan beri kartoshka narxi oshishini izohlab.

Toshkentning eng arzon bozorlaridan biri hisoblanadigan «Farhod»da yaxshi kartoshkaning narxi 4000-4200 so‘mga chiqdi. Bor-yo‘g‘i bir hafta oldin bunday kartoshkaning narxi 3 kilosi 10 ming so‘mdan, ko‘pi bilan 3500 so‘m edi.

Arzon mahsulotlar sotishga ixtisoslashgan rastalarda «ijtimoiy kartoshka» bor, yo‘q emas. Narxi ham 2800 so‘m.

Lekin bu kartoshka, iste'molchilarning aytishicha, ko‘p saqlashga yaramaydi. Buning ustiga, ichida chiriganlari ko‘p. Xuddi boy buva shum bolaga bergan olmaga monand.

Narxlarning keskin o‘sishi 1 noyabrdan boshlab poytaxt bozorlarida aholining birlamchi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng yuqori narxlari o‘rnatilgani ortidan kuzatilmoqda.

Toshkent shahri hokimligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, qator organlar qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan, noyabr oyida poytaxt bozorlarida kartoshkaning bir kilogrammi narxi 3000 so‘mdan, piyoz 2000 so‘mdan, sabzi 1500 so‘mdan (va hokazo) ortiq sotilishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.

E'tibor bersak, hukumat nimaning narxini qat'iy ushlab turishga urinsa, o‘sha mahsulot qimmatlashmoqda.

Bu hukumatning o‘ylamay qaror qabul qilishidan darakmi yoki bozorning tizgini hukumatning emas, bozorga mahsulot yetkazib beradiganlar qo‘lidami, dangal aytish qiyin.
Lekin bozordagi narx-navo talab va taklif asosida shakllanishini hali hech kim inkor etgan emas.

Shuning uchun iqtisodiyotning bu qoidasini hali ham narx-navoni sovet uslubida boshqarishga urinayotgan hukumatga eslatib qo‘yish kerakka o‘xshaydi: Bozordagi talabga yarasha taklifni ta'minlab qo‘ymas ekansiz, mahsulotlar bahosiga ta'sir etishning imkoni bo‘lmaydi.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 september 2017
O‘zbek rasmiylarining mamlakatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi, shifokor va pedagoglar terimiga jalb etilmasligi haqidagi iddaolariga qaramay, bu yil ham ...
27 june 2017
«Yana otasi boy ikkichilarning omadi kuldi», deydi rassom Tuz bakalavriat va magistratura bosqichiga qabulning 20 iyun kuni chiqarilgan yangi ...
1 december 2025
Kambag‘allikni Qisqartirish va Bandlik vazirligi faoliyati yuzasidan jamoatchilikda bir qator savol va tashvishlar paydo bo‘lmoqda. Ayrim manbalarda ta'kidlanishicha, vazirlikning ...
5 may 2016
«Gumrohlar», «Aldangan ayol», «Ajal jodusi», «Odnoklassniki» kabi bugungi hukumatning mafkuraviy talablariga javob beradigan filmlar rejissyori Hilol Nasimov bu kabi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...