Asosiy mavzular
18 december 2017

Biz qashshoqlashdikmi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qilgan ma'lumotlarni tahlil etib, rasmiy matbuotda «Ijtimoiy fikr»ga asoslanib aytilganidek, farovonligimiz yuksalayotganini emas, balki so‘nggi bir yilda ancha qashshoqlashganimiz ayon bo‘lib qoladi.

Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 9 oyida mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti hajmi 170 trillion so‘mni tashkil etgan.

Agar buni AQSh dollariga o‘girsak, taxminan 40 milliard chiqadi. Iqtisodchilarning fikricha, yillik YaIM joriy yil oxirida 60 milliard dollar atrofida bo‘ladi.

60 milliard dollarni mamlakatimiz aholisi soniga, ya'ni 32 million kishiga bo‘lsak, 1875 dollar chiqadi.

Iqtisodchi emasmiz, shuning uchun boshqa jihatlarga e'tibor qaratmay, faqat mana shu yalang‘och raqamlar bilan ish ko‘rishga majburmiz.

MVF ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekistonda kishi boshiga YaIM hajmi 2122 dollar bo‘lgan va 186 ta davlat ichida 133-o‘rinni egallagan.

To‘lov qobiliyati pariteti (PPS) bo‘yicha hisoblaganda esa bu ko‘rsatkich 6561 dollarni tashkil etgan va 187 davlat ichida 125-o‘rinda turganmiz.

Aytib o‘tilgan davrda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik miqdori 1 million 346 so‘mdan iborat bo‘ldi. Agar buni dollarga chaqsak, 120 dollardan bir-ikki chaqa ko‘proq chiqadi.

Bu raqamlarni ko‘rgandan keyin bir vaqtlar Islom Karimovning mamlakatda o‘rtacha ish haqi 400-500 dollar ekani to‘g‘risidagi dabdabali, ayni paytda ko‘pchilikning istehzoli kulgisiga sabab bo‘lgan gaplari esga tushadi.

Hali ham AQShning puliga o‘girganda 120 dollar chiqqan oylik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foiz o‘sgani. O‘sgandayam so‘mga nisbatan o‘sgan. Dollarga nisbatan esa aslida qancha o‘sgan yoki pasayganiga aniqlik kiritilgani yo‘q.

Lekin bir narsa aniq, valyuta konvertatsiyasining yo‘lga qo‘yila boshlagani O‘zbekiston iqtisodiyotining misini chiqardi. Aslida ahvolimiz qandayligi ancha oydinlashdi.

Konvertatsiyaning ijobiy holat ekaniga shubha yo‘q. Ammo konvertatsiya bahonasida bozorlarda narx-navo quturgani ayni haqiqat.

Samolyotda jahon narxida uchamiz, temir yo‘lda jahon narxlarida yuramiz, benzinni jahon narxlariga yaqinlashtirishga shoshib yotibmiz.

Xalqaro reytingda Toshkent yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar ro‘yxatida yetakchilar qatorida ekanini esa qanday izohlashni ham bilmaydi odam.

Hammasi jahon narxlari tomon chopmoqda. Oyliklarimizu yashash sharoitimiz qachon jahonnikiga yetib olar ekan, shunisiga aql yetmaydur!

Eltuz

Tag‘in o‘qing
4 october 2021
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudida 4 oktyabr kuni uch shaxs – Mirishkor tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi Jonqul Navro‘zov, ...
17 february 2020
Yoz keldi, tugadi qish,Partiyamga ming olqish!Mo‘ridan o‘rlar tutun,Partiyam borligichun!Tong otib yorishdi kun,Partiyadan biz mamnun!Jumadan so‘ng keldi shanba,Partiyam sabab, manba!Shanba ...
23 january 2017
O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ...
26 february 2020
25 fevral kuni Gulnora Karimovaning Londonda yashaëtgan qizi Instagram sahifasida onasidan prezident Mirzieevga yo‘llangan maktubni joylashtirdi.  Maktubda Karimova G‘arb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...