Asosiy mavzular
26 april 2018

Andijonda yana bir maktab o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi

Andijon shahridagi 18-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 22 aprel kuni o‘smirlar o‘rtasidagi o‘zaro janjalda pichoqbozlik qurboni bo‘ldi.

Maktab joylashgan mahalla hududida yashovchi shaxsning «Eltuz»ga ma'lum qilishicha, o‘smir yigitlar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan.

Ommaviy mushtlashuvda pichoq chiqargan yigitlardan biri maktabdoshini jarohatlagan.

Yetkazilgan og‘ir tan jarohatidan o‘quvchi kasalxonada vafot etgan.

Qotillik jinoyatlariga yoshlarning yonida pichoq saqlab yurishi sababmi?

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, keyingi paytlarda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida guruh-guruh bo‘lib mushtlashish holatlari birmuncha ko‘paygan. O‘smirlar orasida pichoq, pakki kabi o‘tkir kesuvchi buyumlarni yashirincha olib yurish ommalashgan.

Ayni vaqtda maktablarda o‘quvchilar nazorati kuchaytirilgan. Ota-onalar, mahalla faollari, o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilishlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Fuqarolarning sog‘lig‘iga amalda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir kesuvchi buyumlarni aniqlash va ularni zararsizlantirish maqsadida “TIG‘” tadbiri ham o‘tkazib kelinayotganini bildiradi profilaktika inspektorlaridan biri «Eltuz» muxbiriga.

«Biroq hozircha profilaktika ishlari yetarlicha samara bermayapti. O‘tgan bir oy davomida shahar maktablari o‘quvchilari tomonidan ikki marta ommaviy huquqbuzarlik qayd etildi va har ikkala holat ham navqiron o‘smirning o‘limi bilan yakunlandi»,- deydi inspektor.

Xodimning ta'kidlashicha, o‘smirlarni 24 soat davomida nazorat qilishning iloji yo‘q. Buning uchun maktab, oila, mahalla hamkorlikda ish olib borishi kerak. Ammo ayrim ota-onalarining farzandlari tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajrata olmayotganliklari, ayni o‘smir yoshda nazoratsiz tashlab qo‘yayotganliklari shunday fojealarga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, bundan bir oycha oldin ham shahar XTBga qarashli 29 va 10-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi mojaro mushtlashuvga sabab bo‘lgan, oqibatda Asror ismli 9-sinf o‘quvchisi pichoq orqali yetkazilgan tan jarohatidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgandi.

Shohida Saidova
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 november 2025
37 yil oldin — 1988 yil 20 noyabrda —SSSR  Markaziy televideniesining birinchi programmasida Mixail Afanasevich Bulgakovning shu nomdagi povesti ...
11 june 2016
Garchi bu ish to‘g‘risida matbuotda kam gapirilgan bo‘lsa-da, 2013 yil oxirida xalqaro arbitraj sud Karimov hukumatidagi korruptsiya to‘g‘risida kutilmagan ...
17 may 2023
Bankdagi pulni o‘margan, 9 milliard 208 million 862 ming so‘mni  VonXBet o‘yiniga tikib yuborib yutqazgan Nukusdagi bank xodimi 8 yilga ...
10 january 2026
Qaynonasi bilan tibbiy markazga kelgan 4 oylik kelin ich qotishidan shikoyat qilib, klizma qo‘yishni so‘ragan. Ayol ultratovush tekshiruvidan o‘tishdan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...