ART-DURBIN
24 november 2025

Ityurak

37 yil oldin — 1988 yil 20 noyabrda —SSSR  Markaziy televideniesining birinchi programmasida Mixail Afanasevich Bulgakovning shu nomdagi povesti asosida suratga olingan «Sobache serdtse» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Mixail Bulgakovning «Sobache serdtse» povesti 1925 yildayoq yozilgan edi. Biroq o‘sha paytda uni nashr etish ta'qiqlandi, chunki unda «zamonaviylikka qarshi o‘tkir pamflet» ko‘rilgan va «hech qanday holatda chop etish mumkin emas» deb topilgan.

Povest birinchi bor faqat 1968 yilda va u ham bo‘lsa chet elda Angliyada va FRGda nashr etildi.

 Ilk ekranlashtirish ham chet elda  amalga oshirilgan — 1976 yilda Italiya-Germaniya hamkorligida suratga olingan Dog’s Heart / Cuore di cane / Warum bellt Herr Bobikow? filmi.

Rostdan ham, italiyan va sovet filmlaridagi personajlar obrazlari butunlay teskari talqin qilingan. Italiya filmda Preobrajenskiy — yovuz, salbiy qahramon ( «yuqori  darajali inson» yaratish g‘oyasi bilan ovora), Sharikov esa — mehribon va ijobiy personaj.

Bortko filmida esa Sharikov — pastkashlik, qo‘pollik va savodsizlikning ifodasi; Preobrajenskiy esa aksincha — proletariat diktaturasining qurboniga aylangan ijobiy qahramon…

SSSRda Bulgakovning bu povesti faqat 1987 yilda, «Znamya» jurnali iyun sonida chop etildi.

Shundan bir oz oldin, 1987 yil 25 may kuni Moskvaning Yosh tomoshabinlar teatrida «Sobache serdtse» spektaklining premerasi bo‘lib o‘tgan edi.

O‘sha yili rejissyor Vladimir Bortko bulgakov povestini ekranlashtirishga kirishdi. 

Bunday ishga o‘sha vaqtda tsenzura tomonidan hech qanday to‘siq yo‘q edi — mamlakatda Mixail Gorbachevning ochiqlikka asoslangan Perestroyka davri boshlangandi.

Stsenariyni Vladimir Bortko rafiqasi bilan birga yozgan va ular unda faqat «Sobache serdtse» povestini emas, balki bir nechta hikoya va feletonlarni ham qo‘llashni rejalashtirgan. 

Masalan, ruh chaqirish epizodi — «Spiriticheskiy seans»dan, tsirkdagi bashoratchi esa — «Madmazel Janna» hikoyasidan olingan.

 Rejissyor buni shunday tushuntiradi: «Bulgakov hikoyalaridan foydalanib, biz voqea yuz beruvchi kvartira chegaralarini kengaytirdik. Endi u yerda ko‘cha ham, tsirk ham bor edi».

Moskva ko‘chalari esa Leningradda suratga olingan, chunki ish «Lenfilm» kinostudiyasida olib borilgan.

Professor Preobrajenskiy rolini Leonid Bronevoy, Mixail Ulyanov, Yuriy Yakovlev yoki Vladislav Strjelchik ijro etishi mumkin edi. Biroq sinovlarda eng aniq va ta'sirli obrazni Yevgeniy Yevstigneev yaratdi — va bu rol uning o‘zi uchun ham juda muvofiq keldi.

O‘sha vaqtda MXATda bo‘linish yuz bergan, aktyor Oleg Yefremov truppasiga qolgan, ammo infarktdan keyin yangi rollar bermaslikni, faqat eski repertuardan foydalanishni so‘ragan.

Yefremov esa jahl bilan unga «pensiyaga chiqish»ni taklif qilgan. 

Aktyor bu mojaroni og‘ir boshdan kechirgan, va aynan shu notinch holati sinovlarda uni yanada samimiy va ishonchli qilib ko‘rsatgan.

Yevstigneevning o‘g‘li Denis keyinroq shunday degan: «Bu film otam hayotida so‘zsiz o‘z vaqtida paydo bo‘ldi va uni, deyarli, qutqardi. MXATda pensiyaga chiqarilgan og‘ir davrda, u “Sobache serdtse”dagi ishga qiynalib rozi bo‘lgan, ammo keyin bu ish bilan yashadi. Suratga olish maydonida  nima bo‘lganini bilmayman, lekin u doim o‘z roli haqida gapirar, sahnalarni ko‘rsatar edi… O‘sha paytda film uning tayanchiga aylandi».

Doktor Bormental roliga rejissyorda shubha bo‘lmagan — u darhol Moskva Satira teatri aktyori Boris Plotnikovni tasdiqlagan.

Poligraf Poligrafovich Sharikov roliga esa o‘nlab da'vogarlar bo‘lgan. Eng yorqinlaridan biri Nikolay Karachentsov edi, ammo Bortko uni ma'qul ko‘rmagan: «Karachentsov itni juda mahorat bilan ko‘rsatardi, lekin uning ampluasi — qahramon-oshiq, menga esa bir obrazda ham it, ham ichkilikboz kerak edi».

Natijada, Sharikov roliga Vladimir Tolokonnikov tasdiqlangan — uni Olmota  rus teatri aktyorlari fotobazasidan topishgan. 

Sinovga kelishi bilan rejissyorda shubha qolmagan: «Volodya birinchi marta “vodka” (aslida suv) ichganday qilib tomoq qimirlatganidayoq meni lahzada “maftun qildi”… Men hech ikkilanmasdan uni tasdiqladim», — deb eslaydi Bortko.

Sharik roliga esa Karay laqabli it tasdiqlangan — u ham kastingdan o‘tgan va Leningrad xizmat itlari klubidan o‘nlab raqiblarini ortda qoldirgan.

Rejissyor uning ishlaridan juda mamnun bo‘lgan: «U juda aqlli it edi. Faqat frantsuzcha gapirmasdi, xolos. Hamma narsani birinchi dublda bajarardi». 

Bu film uning «kino karerasi»ni boshlab bergan — keyinchalik Karay «Svadebnыy marsh», «Pereekzamenovka», «Rok-n-roll dlya printsessы» va «Naveki 19-letnie» filmlarida ham suratga tushgan.

Film Italiya, Polsha, Bolgariyada mukofotlarga ega bo‘lgan. Premeradan ikki yil o‘tib, Bortko va Yevgeniy Yevstigneev Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Eng katta mukofot esa — tomoshabinlarning hayratomuz muhabbati bo‘ldi. Va bu muhabbat 30 yildan ortiq vaqtdan beri so‘nmay kelmoqda…

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
25 september 2023
AQShda yashaydigan yashaydigan 37 yashar o‘zbek Jonibek Rahimov (Doordash driver) ya'ni ovqatni buyurtmachiga eltib beraëtgan paytda ovqat buyurgan xotinga ...
8 february 2021
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi Bog‘ishamol qishlog‘iga hali-hamon XXI asr shabadasi yetib borganicha yo‘q. Elektr energiyasi, gaz bir yonib, bir ...
3 april 2016
Birinchisi, bugungi kunda Toshkentda kelin topib berishga ixtisoslashgan maklerlar paydo bo‘lgan. Ularning xizmati o‘n ming so‘mdan ming dollargacha baholanadi. ...
25 september 2017
O‘zbekistonda majburiy mehnatni to‘xtatish qarori to‘liq ishlamayotgani haqida «Eltuz» nashriga xabarlar kelmoqda. Talabalar paxtadan qaytarilishi ortidan, terim yuki qishloq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...