Asosiy mavzular
3 may 2018

Hukumat a'zolarisiz o‘tgan hukumat soati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston parlamenti tarixidagi ilk hukumat soati hukumat a'zolarisiz o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir hukumat hali ham deputatlarni bir pulga olmasligini yana bir bor isbotladi, deb aytsa bo‘ladi.

Mazkur tadbir haqida O‘zbekistondagi ko‘pgina nashrlar xabar tarqatdi. Lekin birorta xabarda parlamentdagi hukumat soatida hukumat a'zosi ishtirok etgani haqida ma'lumot berilmadi.

Ushbu xabarlarga ko‘ra, parlamentdagi hukumat soatida respublika aholisini toza ichimlik suv bilan ta'minlash hamda ichimlik suvni tejamkorlik bilan ishlatish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish holatlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Parlamentdagi manbaning aytishicha, Qonunchilik palatasi tarixidagi ushbu tadbirga hukumat a'zolari hisoblanadigan vazirlar emas, balki ularning o‘rinbosarlari kelgan.

O‘zbekiston parlamenti tarixidagi ilk shunday tadbirga nisbatan bunday munosabat ayrim deputatlarning tushunmovchiligiga ham sabab bo‘lgan.

Bu tushunmovchilikka javoban, parlamentdagi manbaning bildirishicha, deputatlar huzuriga kelishi kerak bo‘lgan vazirlar ayni paytda prezidentning muhim topshiriqlarini bajarish bilan bandligi ma'lum qilingan.

O‘zbekistondagi axborot manbalari bu tadbirni baladparvozlik ruhida yoritdi. Hukumat soati prezidentning harakatlar strategiyasi dorasida bo‘lib o‘tganiga urg‘u berildi.

“Mazkur institut, birinchidan, hukumatning parlament bilan munosabatlardagi mas'uliyatini oshirsa, ikkinchidan, joylarda to‘planib qolgan, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishga xizmat qiladi. Ta'kidlash joiz, hukumat soati harakatlar strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida ham muhim ahamiyatga ega”, deya izohlar berdi “qo‘lbola” ekspertlar.

Aslida esa parlamentdagi manba o‘z qadrini oshirishga ishtiyoqmand deputatlar hukumatning bunday mas'uliyatsizligidan norozi bo‘lganini aytmoqda.

Shunga qaramay, deputatlar hukumat a'zosi ishtirok etmagan hukumat soatini odatiy tadbir sifatida qabul qilishga jur'at eta olmagan.

Xulosa shuki, O‘zbekistondagi parlamentarizm yana bir bor mag‘lubiyatga uchradi. Ilk hukumat soati sifatida tarixga yozilgan tadbirda hukumat a'zolari ishtirok etishni o‘ziga ep ko‘rmadi.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 april 2016
«Ma'naviyat sohasidagi eng jiddiy xavfli tahdid vatansizlik g‘oyasidir. Mafkuraviy kurash arsenalida vatansizlik eng xavfli qurollardan biri hisoblanadi», deb yozdi ...
14 february 2017
Taqiq va cheklovlarga qaramasdan o‘zbek ëshlari nishonlaydigan «Sevishganlar kuni» haqida maqola ëzgan o‘zbek jurnalisti Darmon Ibragimov bu kunga “bayram ...
27 april 2016
Bugun eltuz.com o‘zining kun karikaturasi ruknida tag‘in musavvir Elsevar chizgan yangi rasmni taqdim etadi. Bu safar rassom keksa yoshdagi ...
28 december 2025
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...