Asosiy mavzular
29 october 2018

Istanbulda hibsga olingan Malik Mansur ozod etildi

«Amerika ovozi» radiosining Istanbul shahrida hibsga olinib sudlangan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev 29 oktyabr kuni kechqurun soat 17.00 atrofida ozod etildi

Malik Mansurning «Eltuz» manbasiga qoldirgan xabariga ko‘ra, u ayrim taqiq jazo choralari bilan hibsdan ozod etilgan.  Biroq jazo choralari tafsiloti hozircha «Eltuz»ga ma'lum emas. O‘zbek jurnalistining hibsdan ozod qilinganini» Amerika ovozi» radiosi o‘zbek xizmati rahbari Javdat Sayxon ham tasdiqladi.

Malik Mansur Turkiyada istiqomat qilayotgan 300 mingdan ziyod O‘zbekiston vatandoshi hayotidan reportajlar tayyorlayotgan edi.

Jurnalist yaqinlarining «Eltuz»ga aytishicha, u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasi oldida o‘taëtgan namoyishni videotasvirga olaëtgan paytda 28 oktyabr kuni ushlangan.

«Turkiyadagi “O‘zbeklar” tashkiloti rahbari Odam Chevik Saudiya konsulxonasi binosida «Vashington post» jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganini qoralab nutq so‘zlaganida politsiya keldi.

Odam Chevikni ham, uni vidoega olgan Malik Mansurni ham qo‘liga kishan solib olib ketishdi», deydi jurnalistning Istanbuldagi yaqinlaridan biri.

«Eltuz»ning o‘rganishicha, Malik Mansur “izn berilmagan miting ishtirokchisi sifatida hibsga olinib, Levand tergov bo‘limida (Levent karakolu) so‘roq qilinib, ayni bo‘lim hibsxonasiga qamab qo‘yilgan.

Bundan sal ilgari «Eltuz» huquqbuzar sifatida ayblanayotgan jurnalistning sud ishi 29 oktyabrning birinchi yarmida Istanbul shahri Chog‘loën (Çağlayan adliyasi) adliya binosida bo‘lishi rejalangani haqidagi xabarni olgan edi.

“Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelgan Malik Mansur 2011 yilning fevralida «hokimiyat idoralariga tuhmat qilganlik»da ayblanib, ustidan jinoyat ishi ish qo‘zg‘atilgani ortidan O‘zbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana olishga majbur bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 august 2025
Yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Jahon tillari universitetida yana anarxiya va qonunsizlik avj olgani universitet jamoasi orasida norozilik bildirilmoqda. Ularning Eltuzga yo‘llagan shikoyatiga ...
7 october 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
2 october 2018
Taniqli o‘zbek shoirasi 59 yoshli Zulfiya Mo‘minova respublika TVsi orqali o‘qib bergan yangi she'rida bolani «dunyolardan bexabar oq kaptar»ga, ...
9 september 2020
Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...