Asosiy mavzular
21 february 2019

Oliy sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov hibsga olindi

Oliy sud raisining o‘rinbosari – ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 21 fevral kuni o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi.

Dehqonov DXXning sobiq raisi, 8 fevraldan beri hibsda qolaëtgan Ixtiër Abdullaevning qudasidir.

Dehqonov 2010 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan edi. U o‘shanda Andijon viloyati prokurori vazifasida ishlagan.

Bahodir Dehqonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan 2017 yilning 30 mayida Oliy sud raisining o‘rinbosari etib saylangan edi.

Jurnalist Bobojonovlarning uylarini tortib olish haqida ajrim chiqarib, siësiy o‘ch olish tadbirida ishtirok etgan Bahodir Dehqonov, «Eltuz» manbalariga ko‘ra, joriy yilning 15 fevralida ishdan bo‘shatildi.

Dehqonov Prezident xavfsizlik xizmati maxsus guruhi tarafidan qo‘lga olingan. Ayni paytda DXXning Yunusoboddagi tergov izolyatorida so‘roq qilinmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 november 2024
Frantsiya Ukrainaga uzoq masofa raketalar yetkazib berishga qaror qildi. Amerikalik erkak o‘zbek sevgilisi deya, o‘zini o‘ldiga chiqardi, Rossiya o‘zbek ...
16 august 2017
Shoir Maqsud Bekjon 1961 yil Xorazmda tug‘ilgan. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutini tamomlagan. Uchta she'riy kitob va ikkita ...
26 may 2020
Sazoyi Tong otdi. Tiniqib uxlagan Absattor qo‘lini cho‘zib, ënini paypaslab Madinani qidirdi. Madina oshxonada pishir-kuydir qilib yurardi. Asakalik tog‘a ...
28 february 2023
Bundan bir yil oldin bosqinchi Rossiya mustaqil Ukraina tuproqlariga xoinlarcha bostirib kirib, ësh go‘daklar, xotin-qiz, qariyalar hamda jami vatansevar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...