Asosiy mavzular
22 march 2019

Shantajni asosiy quroliga aylantirgan podpolkovnik

Ushbu maqola «Eltuz» muxbirining bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari asosida tayyorlandi.

Maqolada gap tadbirkorlarga ochiqcha tahdidlar qilib, ularni o‘marish yo‘liga o‘tgan ichki ishlar podpolkovnigi haqida boradi.

Bir-biridan alohida to‘rtta shaxsning iddaosiga ko‘ra, Toshkent shahri ichki ishlar boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Umid Qurbonov “profilaktik suhbat” bahonasida tadbirkorlarni ochiqchasiga o‘marishga o‘tgan.

Bosim ostida qolishlaridan qo‘rqib anonim tarzda suhbatlashgan tadbirkorlar «Eltuz» muxbiriga ichki ishlar podpolkovnigi Umid Qurbonov, asosan, o‘tmishda sudlangan tadbirkorlarni nishonga olayotganini iddao qilishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Umid Qurbonov yanvar oyidan buyon go‘yoki jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Karimov davrida sudlangan tadbirkorlarni “profilaktik suhbat”ga chaqirib, ulardan ochiqchasiga bir necha ming dollardan bir necha o‘n ming dollargacha pul ta'ma qilmoqda.

Tadbirkorlar bunday “profilaktik suhbatlar”da podpolkovnik doimo bir shaxs – prezident Mirziyoevning katta kuyovi Oybek Tursunovning akasi, Toshkent IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov buyrug‘i bilan ish olib borayotganini pesh qiladi.

IIB otaliqqa olgan Toshkentning Shayxontohur tumanidagi «Komil avlod» nomli 412-maktabgacha ta'lim muassasasi

Tadbirkorlar bilan bo‘lgan suhbatlardan ma'lum bo‘lishicha, podpolkovnik tadbirkorlar bilan suhbatda odatda ikki bosim usulini qo‘llaydi:

1- usul: «Sening jinoiy to‘dalarga aloqang bor ekan. Qamalib ketishni istamasang, daromadingdan 20 foizini keltirib berasan. O‘shandagina senga hech kim tegmaydi. Sen Ulug‘bek Tursunov himoyasi ostida bo‘lasan»;

2-usul. «Sening jinoiy to‘dalarga aloqang bor ekan. Qamalib ketishni istamasang, IIB otaliqqa olgan bolalar bog‘chasini ta'mirlashga pul yoki qurilish mollarini keltirib berasan. O‘shandagina senga hech kim tegmaydi. Sen Ulug‘bek Tursunov himoyasi ostida bo‘lasan».

Tadbirkorlarga ko‘ra, mazkur usullarni Umid Qurbonov tungi klub va restoranlar egalari, do‘kondorlar va o‘rta ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qo‘llamoqda.

“Karimov davrida mahkum robasi (kiyimi)ni kiygan tadbirkor qaytib u yerlarga borgisi kelmaydi. Umid Qurbonov bosimlaridan qutulish uchun bunday shartlarga rozi bo‘lyapmiz”, dedi ismi sir qolishini so‘ragan toshkentlik tadbirkor.

Boshqa bir tadbirkor esa Ulug‘bek Tursunovning bu ta'magirlikdan umuman bexabar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Ulug‘bek Tursunov bunday ishlarga umuman aralashmaydi. Menimcha, Umid Qurbonov boshlig‘ining ismini sotyapti, xolos”, dedi u.

21 mart kuni «Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan boshqa bir tadbirkor esa Umid Qurbonov ta'magirlikda yangi usulni qo‘llashga o‘tganini aytdi:

“Hozir tadbirkorlarni birma-bir chaqirib, 2 mingdan 20 ming dollargacha so‘ryapti. Nima emish – yangi kattaroq lavozimga o‘tayotgan emish”.

«Eltuz»ning izoh olish uchun Umid Qurbonov bilan bog‘lanish urinishlari natija bermadi.

Ayub Mingboev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 june 2021
Toshkentlik faol Aleksey Garshin Shovvozsoyda Mirziyoev tegishli ekani aytiladigan dam olish maskani yaqinigacha yetib bordi. Bu Toshkent viloyatining Ugom-Chotqol ...
1 december 2023
O‘zbekistonda yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy laqabli Baxtiyor Qudratillaevga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Eltuzning jinoyat olamidagi manbalariga ko‘ra, ...
8 september 2017
8 sentyabr kuni, ertalabdan avtobuslar kolonnasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahri maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot xodimlarini ommaviy tarzda ...
6 december 2016
Fotosuratchi Karl de Keyzer (Carl De Keyzer) 1989 yil avvaliga Toshkentga keyin esa Toshkentdan 1000 kilometr uzoq bo‘lgan Urganchga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...