Asosiy mavzular
16 april 2019

Toshkentda huquq faoli shikoyati yuzasidan sud boshlandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani ma'muriy ishlar sudi 15 aprel kuni huquq faoli, 68 yashar A'zam Turg‘unovning ichki ishlar xodimi Rustam Murodovning noqonuniy harakati yuzasidan shikoyatini ko‘ra boshladi.

Bundan oldin, 2018 yilning 30 avgust kuni ayni ma'muriy sud sudyasi Xolmamat Hasanov huquq faoli A'zam Turg‘unovni «hokimiyat vakiliga bo‘ysunmaganlik»da ayblab ,bir minimal ish haqi miqdorida jarimaga tortgan» edi.

Turg‘unovning fikricha, unga qarshi ma'muriy ishning qo‘zg‘atilishiga aynan ichki ishlar xodimi Rustam Murodovning raporti asos bo‘lgan.

«O‘tgan yilgi ish bo‘yicha mening shikoyatimni ko‘rib chiqish chog‘ida shantaj qilishib, meni va yana guvoh Zulfiya Xudoybergenovani Ma'muriy kodeksning 41 (haqorat qilish), 180 (sudga hurmatsizlik qilish) va 194-(ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bilan ayblab ish qo‘zg‘ashmoqda», deya izoh berdi A'zam Turg‘unov «Eltuz» muxbiriga.

Voqea 2018 yilning 29 avgust kuni yuz bergan. O‘sha kuni huquq faoli A'zam Turg‘unov va jurnalist Malohat Eshonqulova yo‘lda ketayotganida Toshkent shahridagi Oliy sud binosi yaqinida plakatlar ko‘tarib turgan bir guruh ayollarni ko‘rib qoladi va rasmga ola boshlaydi.

Shunda IIB tezkor xodimi Rustam Murodov huquq faoli A'zam Turg‘unovning qo‘lini qayirib, telefonini qo‘lidan olib, Shayxontohur tumani IIB bo‘limiga olib boradi.

Kelasi kuni ma'muriy sud Turg‘unovni hokimiyat vakiliga bo‘ysunmaslikda aybdor deya topadi. 15 aprel kuni boshlangan mahkamada Turg‘unov ichki ishlar xodimi Rustam Murodovning sudga chaqirilishini so‘radi.

«Bu ishdagi asosiy figurant oper Rustam Murodovni jon-jahdi bilan yashirishyapti. Men o‘sha odam sudga kelib, o‘zining talabi qonuniy ekanligini isbotlab bersin, deyapman. Lekin sud uni sudga chaqirmayapti», dedi A'zam Turg‘unov «Eltuz» muxbiriga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 february 2017
Prezident Mirziyoev kunora o‘tkazayotgan turli yig‘ilish va uchrashuvlarida davlat amaldorlarini ayamay tanqid qilmoqda. Mirziyoev 9 yanvar kuni militsiya xodimlari ...
15 december 2020
1 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi lideri Xidirnazar Allaqulovning omma oldida chiqishi ...
4 june 2025
54 yashar o‘zbek faoli va yutuber Yo‘lchiboy Ismoilov Uchko‘prik sudi tomonidan 23 may kuni uni jazolash uchun chiqarilgan hukm ...
5 march 2020
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi 4 mart kuni «Vatanparvar» gazetasi muxbiri 68 yashar podpolkovnik Vladimir Koloshinni 12 yilga ozodlikdan mahrum ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...