Asosiy mavzular
4 june 2025

Qo‘qonlik tabibni fosh qilgan faolni Uchko‘prik sudi jazoladi

54 yashar o‘zbek faoli va yutuber Yo‘lchiboy Ismoilov Uchko‘prik sudi tomonidan 23 may kuni uni jazolash uchun chiqarilgan hukm ustidan shikoyat ëzdi.

“O‘zbek forum” tashkilotida nusxasi mavjud bo‘lgan qo‘lëzma shaklidagi mazkur appelyatsiya arizasiga ko‘ra, Ismoilov sudning “dallilarga asoslanmagani” va ishga  “mazmunan” ëndashilmagani bois soxta tabib ënini oluvchi “nomaqbul” chiqarilgan hukm bekor qilinishini so‘ragan. Ismoilov o‘z appelyatsiya arizasida “Uchko‘prik sudiga ishonmasligini” aytadi. Avvalroq, Ismoilov O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat yo‘llab, O‘zbekistonda sud hokimiyati falaj xolda ekani bois O‘zbekistondagi tuzumni “demokratik” deb atab bo‘lmasligini ta'kidlagan.

“O‘zbek forum” tashkiloti bilan suhbat davomida Ismoilov mahalliy aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘diraëtgan soxta tabib Iqbol Soliev “kirdikorlarini fosh qilgani” uchun Soliev arizasiga binoan mahalliy sud tarafidan “nohaq jazolanganini” aytib berdi.

2024 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qo‘qon shahar IIBga ma'lum qilishicha, “I.P.Solievning Xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish litsenziyasiga ega emas va mazkur sohada faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas”.

Shunga qaramay, Iqbol Solievning biznesi gullab yashnamoqda va uning so‘zlariga ko‘ra, uning faoliyati uchun litsenziya talab qilinmaydi.

Ismoilov o‘rta maktabda “zavxoz” bo‘lib ishlash asnosida o‘z tumanidagi muammolarni videolavhalar orqali muntazam ëritib borgan.

2025 yilning 15 mayida jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi o‘zini go‘yoki jabrdiyda qilib ko‘rsatgan mahalliy tabib Iqbol Soliev arizasiga binoan Ismoilovga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Sud hukmga ko‘ra, faol Yo‘lchiboy Ismoilov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139 va 140 moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyat, ya'ni g‘arazgo‘ylik maqsadida “tuhmat qilish”  va “haqorat” jinoyatini sodir etgani uchun uch yilga “ozodlikni cheklash” va “ahloq tuzatish” bilan jazolandi.

Hukm talabiga ko‘ra, Ismoilov uch yil mobaynida “uyida uxlashi”, Farg‘ona viloyatini tark etmasligi kerak. Eng asosiysi – Ismoilovning 3 yil davomida internet tarmog‘idan foydalanishiga taqiq qo‘yildi. Uning soxta tabibni fosh qilgan videokontentlari tarmoqdan o‘chirib yuborilishi uchun raqamli texnologiya vazirligiga xat yuborildi. 2022 yil boshida Farg‘onaning Mingtut qishlog‘iga Markaziy Osië (MO) va MDH davlatlaridan minglab odamlar kela boshladi. Ular “barcha kasallarni” qo‘l tekizish orqali davolaydigan “sehrgar” Iqbol Solievdan davo istab kelishgan edi.

Buning ortidan qishloqda ijara narxlari oshib ketdi. Markaziy Osiyoning turli nuqtalaridan Farg‘onadagi Mingtut qishlog‘iga qatnovchi avtobus va taksi xizmatlari faoliyat boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Iqbol Solievning qo‘li tegishi bilan yurib ketkan cho‘loq, ko‘r, rak va shakar xastaligidan bir munutda “tuzalib” ketkani aks etgan odamlarning videolari tarqala boshladi. Soliev huddi xaloskor Isoiy Masih kabi MO xalqlariga “najot elchisi” qilib yuborilgani haqidagi promo roliklar tarmoqning o‘zbek segmentida keng aylana boshladi. To‘rt nafar qo‘riqchi hamrohligida yurgan tabib oz muddatda ta'siri kuchli va badavlat shaxsga aylandi.

Aslida esa to‘ylarda qo‘shiq aytib tirikchilik qilib yurgan Iqbol Solievning “ovozi ketib qolib” (qo‘shiq aytish uchun ovoz pardalarining ëmonlashuvi) ishsiz qolgani ortidan o‘zining “birdan ekstrasens davolovchiga” aylanishi shunchaki firibgarlik tryuki va oddiy sharlatanlik edi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 19 iyun kuni Farg‘ona IIBga yuborgan 23 sonli xatida Iqbol Solievning odamlarni davolashga haqqi yo‘qligi aniq-ravshan qayd etilgan.

Mahalliy sharlatanning “tabib” spektaklini jurnalistlar fosh qila boshlagani ortidan uning qo‘riqchilariga chora ko‘rilgan bo‘lsa ham “tabib” suvdan quruq chiqqanday o‘zining “duxtrlik” faoliyatini davom ettiraverdi va odamlarni “davolagani” uchun gonorar miqdorini uch karra oshirdi. Mahalliy faol Yo‘lchiboy Ismoilov “tabib” uyiga borib, u aldab pulini olgan kasallar bilan suhbatlar asosida bu sharlatanlik sxemasini fosh qiluvchi videolavhalar tayyorladi.

Avvaliga tabib po‘pisa va tahdid bilan faol ovozini o‘chirmoqchi bo‘ldi, ammo buni eplay olmadi. Keyin esa advokat ëllab, o‘zbek sudi ko‘magida o‘zining kirdirkorlarini fosh qilgan faolni jazolashga erishdi.

55 yashar Iqbol Soliev O‘zbekistonda “odam  davolash” firibgarlik sxemasi asosida pul shiladigan birinchi sharlatan emas. Kinnachi, parixon, issiq-sovuq qilib “jin chiqaruvchi” o‘nlab sharlatanlar keyingi yillarda mamlakatning inqirozga uchragan tibbiyoti fonida urchib ketganini ko‘rish mumkin.

Oldinroq Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ikki erkak «jin chiqarish» paytida bir ayolni o‘ldirib qo‘ygan edi.

O‘zbek adliyasi, huquq tartibot va sud tizimi inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi ekstrasens tabiblarni nazorat qilish o‘rniga ularning kirdikorlarini fosh qilgan jurnalist va faollarni jazolaëtgani “Yangi O‘zbekiston”ning absurd realligini anglatadi.

Tag‘in o‘qing
10 september 2017
9 sentyabr kuni XRV vakillari Xyu Uilyamson (Hugh Williamson) va Stiv Sverdlov (Steve Swerdlov) Xorazm viloyatiga borib, o‘tgan yili ...
26 april 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
8 october 2025
2025 yil 14 avgustda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan qabul qilingan hujjat asosida 1 milliard so‘m mablag‘ xodimlardan undirilgan. Rasmiylashtirilgan farmoyishda ...
13 september 2021
Eri, qaynatasi va qaynog‘asi qotillikda gumonlanib tergov qilinayotgan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining Chandir qishlog‘ida yashovchi Munojat Egamova bunga ularning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...