Asosiy mavzular
15 may 2019

Mahmud Rajab diniy ekstremizm kontrabandasida gumonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi «Eltuz»da chop etilgan “Tintuv qilingan Mahmud Rajabning uyidan “Payg‘ambarlar tarixi” kitobi olib ketildi” maqolaga 14 may kuni rasmiy munosabat bildirdi.

Rasmiy bildirishga ko‘ra, 2019 yilning 30 aprel kuni “Toshkent-Aero”ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan jurnalist Mahmud Rajabga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (diniy ekstremizm, ayirmachilik va fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi materiallar kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu moddalarda 5-10 yil qamoq jazosi ko‘zlangan.

Jinoyat ishiga 2019 yilning 26 mart kuni “Toshkent” aeroportida ko‘zdan kechirilgan Mahmud Rajabning qora rangli sumkasidan chiqqan 26 dona kitob, bir dona “Mi 5+” rusumli uyali telefon apparati va undagi yozuvlar sabab bo‘lgan, deya bildiriladi IIV saytida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019 yil 8 maydagi ko‘rsatmasiga asosan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni o‘tkazish Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatilgan.

2019 yil 10 mayda Mahmud Rajabning uyidagi tintuv tergov harakati haqida yozarkan, IIV tergov departameti tomonidan uning «tuman IIB xodimlari, xolislar, shuningdek, “Shang‘i” mahalla fuqarolari yig‘ini faollari ishtirokida» o‘tkazilganini yozadi.

Tintuvdan keyin, 13 may kuni Mahmud Rajab kasalxonaga yotqizilgan edi.

Rasmiy ma'lumotda bildirilishicha, tintuv davomida «M.Radjapovning xonadonidan uyali telefon, noutbuk, disklar, Turkiya davlatida chop qilingan diniy mazmundagi 3 dona (shu jumladan, «Payg‘ambarlar tarixi») kitob va boshqa hujjatlar o‘rganish uchun olingan. Tintuv yakunida gumon qilinuvchi M.Radjapov bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan, bu haqda tintuv bayonnomasida ko‘rsatib o‘tilgan».

Rasmiy bildirishda tintuvda olingan ashyolar yuzasidan tegishli (dinshunoslik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, kompyuter-texnik) ekspertizalar tayinlangan.

Mahmud Rajabni yaqindan taniydigan O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF) direktori Umida Niyozova uning halol va to‘g‘ri inson ekaniga kafil bo‘lishini «Eltuz»ga bildirdi.

«Uning ekstremizmga hech bir aloqasi bo‘lishi mumkin emas. O‘zbek hukumati yaqinda ayrim mustaqil veb-saytlardan to‘siqlarni bekor qildi, biroq, aftidan, ular hali ham har qanday siyosiy yoki diniy ko‘rinishdagi tanqidlarga toqatsizligicha qolishmoqda. Mahmud Rajabovga qarshi jinoyat ishi tezlikda to‘xtatilishi lozim. O‘zbek hukumatiga o‘z shaxsiy fikrlarini bildirish tahdid emasligi, balki ochiq jamiyatning normal va zarur jihati ekanini e'tirof etish vaqti keldi. Jurnalist sifatida Rajabov har qanday, ayniqsa, Internetda ochiq bo‘lgan axborotlar bilan tanishish huquqiga ega», dedi Niyozova.

Xorazmlik 56 yashar jurnalist va shoir Mahmud Rajab «Ma'rifat» gazetasi muxbiri bo‘lib ishlaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 july 2019
Rassoi Kirpi Eltuz.com
1 august 2018
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil ...
25 february 2023
O‘zbekistonlik taniqli shoir Oshiq Erkin – Erkin Madrahimov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Shoirning janoza marosimi  25 fevral kuni Urganchda bo‘ldi.  ...
28 december 2019
«Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?» — dedi Shavkat Mirziyoev Al-Xorazmiy nomidagi maktabda 27 dekabr kuni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...