Asosiy mavzular
23 may 2019

«Avtotest» rahbari parlament tasdiqlagan qonunni qanday o‘zgartirdi?

2019 yilning 3 mayida prezident imzolagan va matbuotda e'lon qilingan qonunda O‘zbekistondagi barcha haydovchilar malaka oshirish sertifikati olishi kerakligi ëziladi.

Prezident imzolagan rasmiy matnda malaka oshirish sertifikati yana barcha yuridik shaxslarga taalluqli ekanini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 28 fevralida senatorlar tasdiqlagan qonun loyihasida ham malaka oshirish sertifikati barcha yuridik shaxslarga emas, balki faqat yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarga taalluqli ekani belgilangan.

Demak parlamentdan prezidentga olib borilaëtgan paytda qonun loyihasini kimdir o‘zboshimcha o‘zgartiririb qo‘ygan.

Hujjatlarni qalbakilashtirish deya ataladi bu jinoyat qonunchilikda. Birgina jumla – «yo‘lovchi va yuk tashuvchilar” o‘rniga “barcha yuridik shaxslarga taalluqli” degan ëzuv o‘zgartirilgan.

Bu degani sertifikat beradigan idoraning mijozlari 33 millionlik O‘zbekistonning barcha haydovchilari deganidir. Sertifikat beradigan shirkat uchun bu osmondan chalpak ëqqanday gap.

Qanday qilib Oliy Majlis kitobcha shaklida chop etgan qonun matni prezident imzolagan qonun matnidan farqli bo‘lishi mumkin? Demak kimdir o‘z manfaati yo‘lida qonun loyihasini o‘zgartirib prezidentga taqdim qilgan.

Kitobiy qahramon, afsonaviy izquvar Sherlok Xolms o‘z izlanishini «Bundan kimga foyda?» degan liniyada olib borganini kitobxon o‘laroq bilamiz.

Qarorga o‘zgartirish kiritishdan manfaatdor bo‘lgan idora – bu o‘sha sertifikat beradigan shirkat.

Bu yagona monopolistik shirkatning oti «Avtotest-Report» MChJ.

Bu shirkat ertaklarda aytilgan kabi “laylakvoyniki” emas. Uning egasi shaxsan prezidentning endilikda sobiq matbuot kotibi, ayni paytda esa prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari maqomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini boshqarayotgan Komil Allamjonovdir.

2014 yilda kompaniya ochilganidan so‘ng Komil Allamjonov “Forbs” jurnalisti Maykl Runiga bergan intervyusida bu haqda faxr bilan aytib o‘tgan.

Allamjonov bugun o‘zini O‘zbekiston matbuoti xo‘jayini deb biladi.

O‘zbekistonda haydovchilarning faqatgina “Avtotest” MChJga qarashli kurslardagina malakasini oshirishga yo‘l ochib beruvchi qonun tanqid qilingan maqolalarning Uza.uz, Kun.uz, Minbar.uz saytlaridan 7 may kuni olib tashlattirilishi “Komiljonning ishi” ekani aytiladi.

Ammo «Avtotest» monopoliyasi va “yo‘lda o‘zgartirilgan“ qonun haqida «Ozodlik» va «Eltuz» nashrlari ëzishda davom etdi.


Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 september 2025
Oq quënim alomat,otini qo‘ydim SalomatDikir-dikir o‘ynaydi,limon bersam yemaydi. Jizzaxlik talaba Sayfiddin Okanov Shavkat Mirziyoevga o‘zi yozgan shig‘irni o‘qib berdi. ...
6 october 2016
So‘nggi vaqtlarda mahalliy nashrlarda O‘zbekistonning marhum prezidenti xotirasiga mashhur kishilarning yodnomalarini chiqarish an'anasi kuzatilmoqda. «Qishloq hayoti» gazetasi (04.10) bu ...
2 june 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent ...
27 december 2025
Furqat tumani IIB xodimlarining o‘zlarini sharmanda qilib chiqargan  videosiga Gulira'noning o‘zi izoh berdi.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...