Asosiy mavzular
1 february 2024

O‘zbekiston Rossiyaga porox xomashyosi sotmoqda

Ukrainadagi bolalarni o‘ldirayotgan o‘ris poroxini O‘zbekiston ta'minlamoqda, bu O‘zbekistonni urush jinoyatchisi sifatida sanktsiyalar botqog‘iga abadiy cho‘ktirishi mumkin.

Porox ishlab chiqarish uchun o‘risga paxta tselyulozasi zarur. Buni sanktsiyalarga zid tarzda Rossiyaga O‘zbekiston sotmoqda. Shu tariqa O‘zbekiston Rossiyaning bosqinchilik urushiga sherik bo‘lmoqda.

Go‘daklarni o‘ldiraëtgan o‘ris boltasiga sop bo‘lishdan manqurt mulozimlar uyalaëtgani ham yo‘q.

Ukraina mustaqilligini yo‘q qilish va ukrain go‘daklarini o‘ldirish uchun o‘ris askariga qurol ishlab chiqaradigan Rossiya zavodlari porox va snaryad uchun O‘zbekistondan xom ashë olmoqda.

2020 yili O‘zbekiston Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi Qozondagi porox zavodi bilan shartnoma tuzgan. Bu shartnoma asosida O‘zbekiston Rossiyaga poroxning asosiy komponenti bo‘lgan paxta tsellyulozasini yetkazib bermoqda.

Xalqaro sanktsiya ostidagi Rossiya harbiy zavodlari porox ishlab chiqarish uchun O‘zbekistondan olgan paxta tsellyulozasidan nitrotsellyuloza olishadi. Bu modda porox asosini tashkil qiladi.

Ikkinchidan o‘zbek tsellyulozasi Ukraina shaharlarini bombalaëtgan tank zaryadlari uchun ham ishlatilmoqda.

O‘zbekiston tarafi rioya qilishi kerak bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, tsellyuloza Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekistonning bu taqiqni aylanib o‘tib, Rossiya harbiy zavodlariga taqiqlangan tovar yetkazib berishi xalqaro jinoyatdir.

Qozon porox zavodi rahbari «O‘zbekiston porox yasash uchun xomashë yetkazib beraëtgan asosiy postavщik» deya matbuotga faxr bilan bildirdi.

O‘zbekiston tomoni esa jim.

Umuman O‘zbekiston deputatlari o‘ris propagandonlarini qarg‘ab sannash o‘rniga, urushni xom ashë bilan ta'minlaëtgan o‘zbek paxta jalloblari tanobini tortsa bo‘lar edi.

Aynan O‘zbekiston o‘ris miltiqlari, kichik kalibrli artilleriya, tank va aviatsion zambaraklar, raketa zaryadlari, hamda dengiz artilleriyasi uchun qurol yaratishda jinoiy sheriklik qilmoqda.

Hali urush boshlanmagan 2019 yili O‘zbekiston Rossiya xarbiy zavodlari uchun 48 tonna tsellyuloza otgan bo‘lsa, bu raqam Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushidan keyin 1225 tonnaga yetdi va 2019 yilga nisbatan 25 marta ko‘paydi.

Farg‘onadagi bitta zavodning o‘zi 2023 yili Permdagi porox zavodiga 79 tonna xom ashë jo‘natgan.

Bundan tashqari Rossiyaning Aleksin shahridagi kimë zavodi ham urush quroli yasash uchun O‘zbekistondan xom ashë olgan.

Ukrainaga musibat keltiraëtgan Tambov porox zavodi ham sanktsiyalarni aylanib o‘taëtan O‘zbekistondan paxta olmoqda.

Rossiya urushini qo‘llab quvvatlab, sanktsiyalarni aylanib o‘tib, porox zavodlariga xom ashë yetkazib beraëtgan o‘zbek shirkatlari ortida O‘zbekiston davlati turibdi.

Masalan Farg‘ona kimë zavodi muassisi O‘zbekiston milliy bankidir. Bank zavodning yuz foiz egasi.

Urushga xamirturush bo‘laëtgan Farg‘ona zavodi rahbari esa Rossiya grajdanlari Rustam Mo‘minov va Mixail Gluxovdir. Yana bir rahbarning ismi Viktoriya Rustamovna Mo‘minova… Har xolda o‘sha manqurtning valadi bo‘lsa kerak.

«O‘ris bizni bosib olmoqchi» deya qarg‘ab sannaëtgan fuqaro va deputatlar o‘z davlatining neytral degan maqom ramkasidan chiqib urush jinoyatchisiga aylanganini bilmaydi ham. Agar O‘zbekiston Rossiyani porox xomashyosi bilan ta'minlamaganida extimol, Rossiya omborlaridagi o‘q dorilar ham,  bu dahshatli urush ham allaqachon tugagan bo‘lar edi. O‘zakdan chiqqan o‘t ëmon, o‘zingdan chiqqan dushman ëmon degan qirg‘iz maqoli bor.

Tag‘in o‘qing
20 november 2019
Qashqadarë viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil ...
28 august 2025
Yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Jahon tillari universitetida yana anarxiya va qonunsizlik avj olgani universitet jamoasi orasida norozilik bildirilmoqda. Ularning Eltuzga yo‘llagan shikoyatiga ...
25 january 2022
Toshkentning barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chgani sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. ...
30 june 2017
O‘zbekiston banklari joriy yilda ajratishni mo‘ljallagan kredit resurslarining tubi ko‘rinib qoldi. Shuning uchun mazkur moliya muassasalari prezidentning tadbirkorlikni rivojlantirishga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...