Asosiy mavzular
5 june 2019

«Ozodlik» muxbiri O‘zbekistonga kiritilmadi

«Ozodlik» radiosining Moskvadagi muxbiri, Rossiya vatandoshi va taniqli tarixchi 45 yashar Umid Bobomatov O‘zbekistonga kiritilmadi. U 4 iyun kuni Moskvadan Toshkentga uchib kelgan edi. Bobomatov bu haqda o‘zining feysbukdagi sahifasida habar qildi.

«Eltuz» muxbiriga voqea yuzasidan intervyu bergan Bobomatov uni avvaliga Toshkent aeroportidagi o‘zbek chegarachilari to‘xtatgani va ortiga qaytarib yuborgani, keyin esa Rossiya FXX xodimlari Moskva aeroportida uch soatcha ushlab o‘tirganini aytdi.

Bobomatovning «Eltuz»ga bildirishicha, Toshkent aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari tarafidan to‘xtatilib, keyingi reys bilan Moskvaga uchib ketishga majburlangan. Bu borada izoh so‘ragan Bobomatovga Toshkent rasmiylari bir parcha qog‘oz berishgan.

Foto: eltuz.com

Umid Bobomatov «Ozodlik»ka qarshi rasmiy Toshkent tarafidan boshlangan obro‘sizlantirish kampaniyasidan keyin O‘zbekistonga kiritilmagan ilk jurnalistdir.

Bundan oldin «Ozodlik» muxbiri Noa Taker O‘zbekistonga xizmat safari bilan borganida monelik qilinmagan edi.

O‘tgan yili 28 iyun kuni «Ozod Yevropa/Ozodlik» radiosi vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich Toshkentda O‘zbekiston hukumati rasmiylari, xususan, prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov bilan uchrashgani mahalliy matbuot tarafidan ijobiy ëritilgan edi.

Bobomatovning o‘zi Karimov davrida ham, Mirziëev iqtidorga kelganidan keyin ham O‘zbekistonga bemalol safar qilib yurgan edi.

«Ozodlik» radiosi 2005 yil dekabrga qadar Toshkentda o‘z muxbirlik byurosiga ega bo‘lgan. Radio dunëning 28 tilida xabar va tahlillar tarqatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 june 2020
Menga berilgan qamoq jazosining tugashiga sanoqli kunlar qolganida, ya'ni yanvar oyi o‘rtalarida yonimga Antonenkoning chopari keldi va SPP Antonenko ...
7 september 2018
O‘zbekiston hukumati 6 sentyabr kuni Internet veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Ushbu nizomga muvofiq, tarqatilishi taqiqlangan ...
24 september 2018
So‘nggi kunlarda O‘zbekistondagi paxta yig‘im-terim mavsumiga oid turli OAVlarda e'lon qilinayotgan xabarlar mamlakatda majburiy mehnat alomatlari kuchayib borayotganidan darak ...
14 april 2016
«Huquq» gazetasi ana shunday qo‘shmachilardan ikkitasi qo‘lga olinib, odam savdosida aylanib, qonuniy jazoga tortilganini ma'lum qildi. Yozilishicha, Buxoro shahrilik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...