Asosiy mavzular
13 december 2021

Prezident maslahatchisining hokim ukasi nega so‘kong‘ich?

Tarmoqda mahalliy hokimning bug‘doy rejasini bajarmagan hudud rahbarlarini so‘kaëtgani yozilgan audiosi tarqaldi. «Eltuz» bu audiodagi so‘kong‘ich mulozim Xorazm viloyati Yangibozar tumani hokimi O‘ktam Qo‘chqorovich Qurbonov ekanini aniqladi. 2020 yil mart oyida hokimlikka tayinlangan O‘ktam Qurbonov O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboevning tug‘ishgan akasidir.

«Eltuz» manbalariga ko‘ra, tarmoqda tarqalgan audiodagi voqea 2020 yil iyun oyida yuz bergan. Yangibozar tumani hokimi O‘ktam Qurbonov bug‘doy rejasini bajarmagan hudud rahbarlarini qator turg‘azib qo‘yib yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida so‘kadi.

«Hey, jalab, yaxshi gap qulog‘ingga yoqmaydimi sening? Yo miyang chiriganmi sening? Bo‘lmasa ayt, kelsin mening yonimga. He tovuqmiya», deya boshlanadi hokimning kurakda turmas haqoratlari yomg‘iri.

8 minut davom etgan audioyozuvda hokim qo‘li ostidagilar sha'niga jami 83 marta uyatsiz haqorat yog‘diradi. Jumladan, ularni «tovuqmiya», «to‘ng‘iz», «hezalak», «jalab», «ko‘t» va hokazolar deb atagan. Uch marta ular bilan jinsiy aloqa qilishini urg‘ulagan. 10 marta jinsiy olat so‘zini ishlatgan.

«Eltuz» manbalariga ko‘ra, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov bu audio tarqalganidan habardor bo‘lgan va «uch kun ichida hamma unutadi», degan yupatuvchi mujda bergan.

Bundan oldin Xorazm viloyati Xiva tumani hokimi Ozod Matëqubov tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda kamida 7 nafar fermerni turg‘azib qo‘yib, 20 daqiqa davomida uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan video tarqalgan edi.

Bu video tarqalgani ortidan tuman hokimi uzr so‘rash bilan kifoyalangandi.

O‘zbekistonda hokimlarning majlislarda o‘z qo‘li ostidagilarni uyat so‘zlar bilan haqorat qilishi va hatto do‘pposlagani ortidan uzr so‘rab qutulishi amaliyoti bor. Hozirga qadar O‘zbekistonda biror amaldor qo‘l ostidagilar yoki oddiy fuqaroni haqoratlagani uchun jiddiy jazo olmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 january 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda qiymati 12 million dollar bo‘lgan turar joy inshooti qurdirgani haqidagi ma'lumotni ...
16 april 2025
Javobgarlikka tortilsin Aslida farmon talablariga amal qilmagan nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub'ektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xo‘jalik faoliyatiga ...
11 october 2025
Lipetsk viloyatida qo‘nish paytida MiG-31 — qiruvchi samolyoti ishkal topib quladi. Ekipaj o‘zini katapulta qilishga ulgurdi, ikkala yarador uchuvchi ...
5 january 2022
Rassom Tuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...