Asosiy mavzular
2 december 2019

Qishga tayyorgarlik: sabotajmi yoki hukumatning no‘noqligi?

Bu yil O‘zbekistonda qishga tayyorgarlik hatto o‘tgan yildagidan ham yomonroqdir. Bu tegishli idoralarning sabotajimi yoki hukumatning navbatdagi no‘noqligimi?

“Sabotaj qilinyapti deyish birmuncha og‘irroq ayb. Ammo bu yil hali haqiqiy qahratonlar boshlanmay turib, na elektr, na gaz ta'minotida oldinga siljish kuzatilmayotgani hukumat qishga tayyorgarlikda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatadi”, dedi soha vakillaridan biri “Eltuz” bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda hatto rasmiy ma'lumotlar ham aynan shunday holatdan darak beradi. Mamlakatning ko‘plab hududlarida tok o‘chib qolishi, gaz yo‘qligi oddiy holatga aylanib qoldi. 

Yaqinda bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida energetika vaziri Alisher Sultonov xalqni “ko‘p energiya isrof qilayotganlik”da aybladi. 

“Bu ochiqchasiga o‘zi mas'ul bo‘lgan sohadagi kamchiliklarni xaspo‘shlashdan boshqa narsa emas. Chunki yo‘q gaz va elektr energiyasini qanday qilib isrof qilish mumkin”, deydi “Eltuz” bilan suhbatlashgan soha vakili.

Shu o‘rinda eslatish kerakki, bu amaldorlarning navbatdagi qovun tushirishidir. Bundan avvalroq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi xalqni ko‘p go‘sht yeyayotganlikda ayblagandi. 

Keyin esa Xalq demokratik partiyasi rahbari 2,5 million so‘mga Toshkentda 5 bolali oila bemalol yashashi to‘g‘risida lof urgandi.

Alisher Sultonovning gaplari esa jafokash o‘zbek xalqi sha'niga aytilgan yana bir o‘xshamagan ayblov bo‘ldi. 

Aslida uning qo‘l ostidagilar yaqindan buyon xalq bilan “shaffoflik o‘yini” o‘ynashni boshlab yuborgan. Ular O‘zbekistonning goh u hududida, goh bu hududida falon soatdan falon soatgacha elektr energiyasi bo‘lmasligi to‘g‘risida xabar berishni urf qilishdi.

Bandai musulmonlar, O‘zbekistonning Toshkentdan boshqa qaysi hududida muntazam ravishda elektr ta'minoti yo‘lga qo‘yilgan?

Ikki-uchta hududda tok bo‘lmasligi haqida oldindan ogohlantirish berish xalqning ustidan kulish emasmi? Nega O‘zbekistonning yarmida tok bo‘lmaydi, umid ham qilmanglar, deb ochiqchasiga aytilmaydi?

Bu ochiqdan ochiq ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmay nima? Kimning ustidan kulyapmiz? Bu qachongacha davom etadi? 

Gaz va elektr ta'minotidagi uzilishlar xalqimizning boshiga bitgan balo bo‘lgani sir emas. Butun-butun oilalar qishning ilk kunlaridayoq isinish tashvishi ortidan is gazidan halok bo‘lmoqda, zaharlanib, kasalvand bo‘lib qolmoqda.  

OAV xabarlarini kuzating, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq hodisa yuz berganiga oid xabar chiqmagan kun bormi? Buning ortidan kimdir o‘lgani, kimdir shifoxonaga yotqizilgani aytilmagan kun-chi?

Xullas, ahvolimiz juda xarob. Hukumat ham buni tan olib turibdi. Shuning uchun Turkmanistondan elektr sotib olishni boshladi. 

Bu ham yaxshi yangilik. Endi o‘zimizning gazni Xitoyga sotib, qishda turkman gazini sotib olish to‘g‘risida kelishuvga kelishimiz kerak.

Bu istehzo emas. Zero, Xitoy bilan shartnomamiz bor. Gaz bermay ilojimiz yo‘q. Bittayu bitta imkon – qish faslida turkmanlardan gaz xarid qilish borasida kelishuvga erishish.

“Hozirgi holatimizda bu muammoni yechishning nisbatan tezroq hal bo‘ladigan, nisbatan oqilona yo‘li. Chunki gaz muammosini tezda hal qila olmaymiz. 

Qazib chiqarishni ko‘paytirish, quvurlarni modernizatsiyalash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish uchun katta miqdorda investitsiya kerak. 

Afsuki, investitsiyalarning o‘sish sur'ati va talab o‘rtasidagi farq juda katta. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p”, dedi soha vakili “Eltuz” bilan suhbatda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 april 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bundan oldin o‘sha ...
31 october 2025
Bordis yaylovida so‘qir baxshi Mavlud Ehsondan tinglagan qo‘shiqlar lirizmning et va suyakka yetadigan xolati edi. Ig‘dirda Shoxo‘g‘li Abbos ertaklarini ...
7 december 2018
Aka-uka Bobojonovlarning uylarini musodara qilish qarorini Urganch tumani sudi o‘z kuchida qoldirishi ortidan 5 dekabr kuni jurnalistlarning advokati ishni ...
21 march 2023
Gazeta. Uz nashri tagi o‘zbekistonlik Ukraina qochqinlari Germaniya boshkenti Berlinda restoran ochdi «mazasi yaxshi» deb ëzgani uchun bu yemakxonani ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...