Asosiy mavzular
7 january 2025

Gulnora Karimova egalik qilgan «Sijjak» dam olish maskani kasaba uyushmasi federatsiyasiga o‘tdi

Muqaddam Gulnora Karimova egalik qilgan, 70 milliard so‘mga baholangan 5,38 gektarlik ob'ekt 2021-2022 yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yildi, ammo xaridor topilmadi.

«Sijjak» dam olish maskani O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024 yil 27 dekabrda qabul qilingan qarorda belgilab qo‘yilgan.

Ushbu dam olish maskani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Sijjak mavzesidagi «Sarbog‘» mahallasida joylashgan va marhum prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli edi.

Maskan 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan. Dastlab u O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berildi. So‘ngra auktsion orqali sotuvga qo‘yildi.

5,38 gektar hududni egallagan va 70 milliard so‘mga baholangan ob'ekt 2021-2022 yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yildi, ammo xaridor topilmadi.

2023 yil 14 iyundagi prezident farmoniga ko‘ra, «Sijjak» dam olish maskani xususiylashtiriladigan ob'ektlar ro‘yxatidan chiqarilib, 124-maktab-internatning balansida saqlanayotgan edi.

Eltuzga kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimova egaligida bo‘lgan Sarmishsoy darasidagi mehmonxonalar, katta qurilish obektlari, Qibraydagi dilfinarumi va hatto o‘zining ozodlik davridagi yashab turgan uyi ham turli tashkilotlar hisobiga o‘tkazilib yuborilgan.

Tag‘in o‘qing
22 may 2018
Keyingi paytda “Boriga baraka” kapital shousi odamlar xayolini o‘rgimchak to‘ridek o‘ziga qamrab oldi. 7 yoshdan 70 yoshgacha hamma “Boriga ...
20 july 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat deb biladi? Bir yarim ...
2 february 2019
Oldinroq o‘zbek va tojik tillarining konvergent rivojlanishi haqida post yozgandim. Unda bu ikki til tarixan bir-biriga qanday ta'sir ko‘rsatgani ...
11 august 2018
O‘zbek turmasida eng uzoq qolgan jurnalist Muhammad Bekjon kitobining navbatdagi bobida Jasliq koloniyasidagi har shanba o‘tkaziladigan hammom kuni, mahbuslarni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...