ART-DURBIN
2 december 2019

Yalang‘och aël tasviri bois muzey direktori ishdan olindi

Qirg‘iziston milliy tasviriy san'at muzeyi direktori Mira Jangaracheva feminnale ko‘rgazmasini tashkil qilgani uchun ishdan olindi. Bu holatni qirg‘iz matbuotiga izohlagan Jangarachevaga ko‘ra, u mamlakatdagi «zulmat johillarining qurboni» bo‘lgan.

Mira Djangaracheva

Mira Jangaracheva muzeyda tashkil qilingan feminnale zamonaviy san'at ko‘rgazmasi atrofida chiqqan janjal oqibatida ishdan olingani bildirildi.

Muzeydagi yalang‘och qizlar tasviri va asosan taniqli daniyalik rassom Juli Saverining aëllar seks qulligiga bag‘ishlangan asarlari mamlakatdagi toqatsiz olomon g‘azabiga nishon bo‘lgan edi.

Shuningdek, ko‘rgazma zalida qo‘y ichaklarini tozalab o‘tirgan ayollar perfomansi qirg‘iz «ultra vatanparvar»lari bo‘lgan «Qirq choro»ning fig‘onini falakka chiqardi.

San'at mutaxasislari fikriga quloq solmay olomon nafratini qo‘llagan Qirg‘iziston madaniyat, axborot va tuzizm vaziri Azamat Jamanqulov ko‘rgazmadagi «provakatsion eksponatlar olib tashlanganini» qoniqish bilan izhor qildi.

Daniyalik rassom Juli Saveri

Qirg‘izistondagi ilk feministik ko‘rgazma 28 noyabr kuni ochilgan edi. Ko‘rgazma Moskvadagi bosmaxonada chiqqan ëng‘inda kuyib o‘lgan 14 nafar qirg‘iz mardikor aëliga bag‘ishlangan edi.

Ko‘rgazmada 22 mamlakatdan musavviralar ishtirok etdi. Unda «Aël – oila boquvchi», «Iqtisodiy erkinlik va qullik», «Oiladagi zo‘ravonlik», «Fikriy erkinlik» va «Siësatchi aëllar» mavzularida asarlar namoyish qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 april 2021
Orzu qanotida  ëshlik ham o‘tdi Xuddi tong tumani ë uyqu misol. Ko‘krak qafasida Erk qushim, Cho‘tir istibdodning tagida  Patlari ...
11 september 2019
Ibtidosida aytay, men shoir yoki bastakor, yo-da hofiz emasman. She'rga o‘xshagan bir narsalarni yozib, ularga o‘zimcha kuy bastalab, onda-sonda ...
22 august 2022
Andijon hokimi qabuliga kelganlarga poygakdan joy beriladi. Andijon hokimi qabuliga kelganlarga poygakdan joy beriladi. Rassom Tuz
12 january 2026
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siësiy arbobi, diplomat, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...