Asosiy mavzular
28 december 2019

Mirziëev chetdagi muxolifatni O‘zbekistonga kiritmoqchi emas

«Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?» — dedi Shavkat Mirziyoev Al-Xorazmiy nomidagi maktabda 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvda. 

Savol tug‘iladi: «Siz Bosh vazir bo‘lgan paytingizda Xitoy va Rossiyaga o‘zbek gazi sotilib, odamlarning uylariga gaz olib boruvchi quvurlar yillar davomida kesildi. Bundan xalq qanday foyda ko‘rdi? 

Prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova ikki milliard dollarni o‘mardi. 

Lola va Temur Tillaevchi? Bu yebto‘ymas juftlik mamlakatga tovarlar importini yakka o‘zi monopoliya qilib, millionlab dollar soliq va bojxona yig‘imlarini to‘lamadi.

Qamoqda yotgan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov qancha o‘mardi? 

MXX generali Haët Sharifxo‘jaevchi? Sobiq bosh prokuror va DXX rahbari Otabek Murodov va Ixtiër Abdullaevlarchi? 

Sudya Nizom Rustamov odamlarni o‘limga hukm qilmaslik uchun 20 ming dollar pora olganida xalqqa manfaat keltirgandimi?  

MXX jallodi Nodir To‘raqulov kichik go‘daklarni o‘ldirganida kimga foyda keltirdi? 

Kuëvingiz Otabek Umarov 100 ming dollarga gladiator Habib Nurmagomedov maykasini sotib olganida xalqqa foyda keltirdimi?

Umuman, sizning atrofingizdagilar qanday foyda olib keldi vatanga, janob prezident?

O‘zbekiston manfaatlari Rossiya foydasi yo‘lida xarj qilinaëtgani foydami?

Karimov davrida O‘zbekiston tashqarisiga quvilgan «Birlik» lideri doktor Abdurahim Po‘latov siz jim bo‘lib turgan paytda prokurorlarni «kalamush», jim rozi turgan ommani «qoramol» deb atagan edi. Mana, siz deyarli har kuni shu odamning gapini takrorlayapsiz. 

Muhammad Solih 2005 yilda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi mina maydonlarini tozalash haqida gapirgan paytda siz o‘sha minalarni joylashtirish ishiga bosh vazir sifatida rahnamolik qilmaganmidingiz?

O‘rtoq prezident, siz komsomol o‘tmishingizda muxolifatning keragi yo‘q, degan zararli tushunchani miyangizga singdirgansiz. To‘g‘ri, Shimoliy Koreya va Turkmanistonda muxolifat yo‘q. Eritreyada ham yo‘q. Ammo AQSh, Yevropada, siz maqtab og‘zingizdan bol tomgan Germaniyada muxolifat bor. Muxolifat mamlakat tashqarisida bo‘ladimi ëki ichkarisidami, millat uchun zarur. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 april 2019
Shu yilning 20 mart kuni Xalq ta'limi vazirligi saytida “Farg‘onaning Quva tumanidagi 50-maktab yer maydoni va qo‘shimcha bino o‘quv ...
23 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) O‘zbek yozuvchisi Nurali Qobul bilan ham Moskvada (yaqinroq) tanishdik. Juda tabassumchan yigit edi. Insonlar bilan ...
22 january 2018
52 kishining haëtiga nuqta qo‘ygan avtobusdagi ëng‘indan 4 kun o‘tib o‘zbekistonlik muhojirlar yana qozoq dashtlarida muammoga duch keldi. 41 ...
1 august 2018
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...