Asosiy mavzular
30 december 2019

O‘zbekiston Kreml sirtmog‘iga tortilmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoev qabul qiladi, deya xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbek tahlilchisi Alisher Ilhomov kutilayotgan ushbu tashrifni quyidagicha sharhladi:

“9 dekabr kuni, O‘zbekiston BMTning Qrim bo‘yicha Ukraina rezolyutsiyasini yoqlab ovoz bergach (o‘tgan uch yil davomida, aftidan Kreml istagi bilan O‘zbekiston vakili bunday qarorlarga qarshi chiqib kelgan edi), yanvar oyida Sergey Lavrovning tashrifi e'lon qilindi.

Lavrovning tashrifidan maqsad rasman yangi ochilgan MGIMO filialini boriyu ko‘rish bilangina izohlanmoqda. Ammo kuzatuvchilar shu zahotiyoq, haqiqiy maqsad O‘zbekiston prezidentining “qo‘llarini qayirish” bo‘lgani va uni Ukraina masalasida Kremldan uzoqlashishga uringani uchun ta'zirini berish bo‘lganini taxmin qilishdi.

Endi esa bu taxminlar yanada ko‘proq tasdig‘ini topmoqda. Tashrifning rasmiy maqsadi endilikda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida  “hamkorlik to‘g‘risidagi” bitimning imzolanishi deb ataldi.

De fakto, gap bu yerda haqiqatan ham, BMTda ovoz berish chog‘ida bundan buyon o‘zbek tomonining “mustaqil faoliyati” ga yo‘l qo‘ymaslik haqida bormoqda. Bu O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tag‘in, Toshkentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha Moskvaning sun'iy yo‘ldoshi roliga qaytishga tayyorligini anglatadi.

Amalda gap, Rossiya imperiyasi tomonidan 19-asrning ikkinchi yarmida Buxoro va Xiva xonliklari uchun majburiyat

Amalda gap, Rossiya imperiyasining 19-asrning ikkinchi yarmida Buxoro va Xiva xonliklariga yuklagan mavqe – tashqi va ichki siyosatdagi suverenitetning Rossiyaga tobeligini tiklash haqida bormoqda.

Umuman olganda, Qrim yuzasidan ovoz berish, tashqi siyosatda O‘zbekistonning qanchalik suveren ekanligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hamdir.

Kreml va uning yaqin satellitlari bilan bitta kompaniyada ovoz berish mamlakat suvereniteti nuqtai nazaridan paradoksal, mantiqsizlikdir. Chunki, ertaga O‘zbekiston ham Rossiya Federatsiyasi tomonidan tajovuz ob'ektiga aylanishi mumkin. Ukraina rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berib, O‘zbekiston mantiqan, o‘zining mustaqilligiga qarshi, o‘ziga qarshi agressiyasini oldindan yoqlab ovoz bergan bo‘ladi.

Nega bunday bo‘lmoqda? Buning izohi oddiy: avtoritar rejimlar millatning shakllanishiga to‘siq bo‘laroq, kamdan-kam hollarda jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ukrainlar nafaqat Qrim va Donbassdagi agressiyani to‘xtatishga, balki butun mamlakatni o‘z nazoratiga olishga tayyor bo‘lgan Kreml tajovuzlarini ham to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldilar, chunki ular Maydonda yuz bergan namoyishlar davrida va undan keyin o‘zlarini erkin xalq kabi his etishdi va shu bois o‘z suverenitetlarini himoya qilishga tayyor bo‘lishdi.

Ukrainadan farqli, O‘zbekistonda  davlatchilik millati hali ham shakllanmadi. Bunday millat shakllanishida olg‘a siljish imkoniyatini o‘tgan saylovda yana bir bor boy berildi. Mirziyoev mamlakatni boshqarishda eski Karimov modelini – ijtimoiy birdamlikni rag‘batlantirishni emas, xipchin bilan boshqaruv usulini afzal ko‘rdi. Aynan shuning uchun u Moskva bilan munosabatlarda o‘zining zaifligini sezadi – bu ham yetmaganday u tayanadigan xalq ham yo‘q.

Biroq muammo shundaki, tashqi siyosat yo‘nalishi bo‘yicha o‘z suverenitetini Moskvaga topshirarkan, u jamiyatning ongli qismi qo‘llovini yanada ko‘proq yo‘qotadi, ayni paytda o‘z pozitsiyasini yanada zaiflashtiradi. Ichki va tashqi siyosiy muammolar o‘rtasidagi munosabatlar dialektikasi shuni taqozo etadi”, deya izoh qoldirdi tahlilchi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 december 2018
Filmning so‘nggi, 5-qismi sobiq militsiya mayori, xalq orasida “Rembo” deya nom qozongan Qahramon Xo‘jaqulov qarindoshlarining sirli o‘limlari, Xo‘jaqulovni hibsga ...
5 january 2023
O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirov Zangiota qamoqxonasidan ozodlikka chiqqani haqida Eltuzga bir-biridan mustaqil manbalar habar berdi. ...
14 april 2017
O‘zbekiston matbuoti, ilk bor mijozlarning mobil operatorlarga qaramligi masalasini ko‘tardi. O‘zbekistonda mobil aloqaning qimmatligi, operatorlar xizmati sifati pastligidan shikoyat ...
16 february 2017
15 fevral kuni Shavkat Mirziëevga videoshikoyat bilan murojaat qilgan toshkentlik tadbirkor Olim Sulaymonov qamoqqa olindi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...