Asosiy mavzular
15 january 2020

Koson IIB xodimlari ularni chaqirgan shaxsni urib mayib qilishdi

Qashqadaryo viloyati Koson shahri ichki ishlar xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklangan Rustam Hamroev ikki yildan buyon adolat izlamoqda.

Toshkentlik huquq faoli Tatyana Davlatovaning jabrlanuvchi so‘zlariga va guvohlarning ko‘rsatmalariga asoslanib «Eltuz»ga bildirishicha, 2018 yilning 2 mayida Rustam Hamroev huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘z uyida shafqatsiz kaltaklangan va jiddiy tan jarohatlari olgan.

Jabrlanuvchi Rustam Hamroevning yozgan izohi

«Xotinimni darvoza eshigini ocha olmagani uchun mahalla qo‘mitasiga jo‘natgandim. Uyda biror kori hol yuz berganidan xavotirlanib, mahalla qo‘mita raisini chaqirishga qaror qildim. Raisning o‘zi kelmadi va uchastka noziri [va uning yordamchisini] yubordi. Darvozani taqillatishdi. Men tashqariga chiqib, darvozani ochmoqchi bo‘ldim. Darvozani to‘liq ochishga ulgurmadim. Yarim ochilgan eshikdan kira solib, ular meni dubinka bilan ura boshlashdi. Men yiqildim. Ular qo‘limni kishanlab, verandaga sudrab borishdi va yana kaltaklay boshlashdi. Keyin meni behush holda mashinaga yuklab, narkologik dispanserga olib borishdi. U yerda men uch kun qolib ketdim. Xotinim meni hamma joydan qidirdi, faqat to‘rtinchi kuni meni dispanserdan topdi. Meni qattiq kaltaklab mayib qilishdi. Bu kaltakdan keyin men ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qoldim. Meni kaltaklashayotganida, nega kaltaklayapsizlar, nima yomonlik qildim, dedim, ular javob berishmadi va hushidan ketgunimcha urishda davom etishdi», deya yozadi jabrlanuvchi Davlatova tomonidan «Eltuz»ga jo‘natilgan xatida.

Jabrlanuvchining xotini Rahbar Yo‘ldosheva

«Eltuz» ikki kun davomida kaltaklanish va narkodispanserga yotqizilish sabablarini o‘rganish uchun Rustam Hamroev bilan bog‘lanishga urindi. Biroq telefonga hech kim javob bermadi.   

Voqea sodir bo‘lgan kuni hushyorxonada o‘tirgan Akmal Usmonov ismli shaxsning yozma ravishda bergan guvohligi «Eltuz»da mavjud.  

Usmonov Akmalning guvohligidan parcha

 «Shu kuni 20.30 larda hushyorxonada o‘tirganimda, keyinchalik bildim, Koson tumani «Jizzalik» mahallasida yashovchi Rustam ismli kishini IIB xizmat kiyimida bo‘lgan va mahalla posbonlari xizmat kiyimida bo‘lgan ikki kishi olib kelib hushyorxonaga kiritganida, Rustam hushyorxonadan chiqaman deb eshik oldiga borganida, uni olib kelgan odamlar surib yubordi, shu vaqti Rustam yerga yiqildi. So‘ng uni olib kelgan IIB xodimi va mahalla posboni kiyimida bo‘lgan kishilar uning yuz sohasiga tepdi, so‘ng Rustam hushini yo‘qotdi. So‘ng Rustamni olib kelgan kishilar eshikni yopib ketishdi».

Akmal Usmonovning tag‘in yozishicha, Rustam Hamroev yarim soat o‘tib o‘ziga kelgan va Akmaldan suv so‘ragan. Ertasi kuni Rustamni majburiy davolash uchun narkologik dispanserga olib ketishgan.

Rustam Hamroevga berilgan nogironlik guvohnomasi nusxasi

Oradan uch kun o‘tib 5 may kuni erini Qarshi shahridagi narkologiya dispanseridan topgan Rahbar Yo‘ldosheva uning og‘ir ahvolda ko‘rganini Tatyana Davlatovaga aytib beradi.

Huquq faoli Davletovaning tasdiqlashicha, Rustam Hamroevga berilgan tashxisda «yuqori jag‘ suyagining sinishi, burun septumining chap tomonga qarab ezilishi, miya chayqalishi”, shuningdek, qo‘lida va oyog‘ida kaltakdan ko‘karish alomatlari qayd etilgan. 

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimasi Dilfuza Qo‘chqorova

Rahbar Yo‘ldoshevaning Davletovaga bildirishicha, 2019 yilning 26 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga arz qilib borganida prokuror oldiga qo‘yishmagan. Shikoyatlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Qo‘chqorova milliy gvardiya naryadini chaqirib, arz bilan kelgan Yo‘ldoshevani haydab chiqargan. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 august 2022
Salom qadrli tomoshabinlar, Eltuz portalining bugungi soni odatdagi formatda. Ya'ni undan navbatdagi beshta shikoyat o‘rin olgan. Shikoyatlar mazmuni yangi ...
27 august 2018
O‘zbek jamiyatidagi keskin norozilikka qaramay, GM Uzbekistan kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxini oshirganini e'lon qildi. Kompaniya matbuot xizmatining ...
30 april 2019
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining manzil koloniyasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor ...
8 august 2024
Suratda afg‘onistonlik sportchi ayol Kamiya Yusufi. Parij-2024 Olimpiadasida Kamiya Yusufi Tolibon hukumatiga murojaat qildi. 100 metr masofadagi dastlabki poygadan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...