Asosiy mavzular
21 october 2016

Jurnalistlar saylovni qanday yoritishga o‘rgatilmoqda

«Xalq so‘zi» gazetasi (19.10) O‘zbekistonda 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasida ishtirok etayotgan jurnalistlar uchun amaliy seminar o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Maqola O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov «rahnamoligida mamlakatda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida demokratik standartlarga to‘la mos bo‘lgan saylov tizimi yaratilgani»ni iddao qilish bilan boshlanadi.

Keyin esa saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qabul qilingan tadbirlar dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar nomi sanab o‘tiladi. Ular orasida hukumatning aytganidan bir qadam ham chiqmaydigan Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» fondi kabilar bor.

Demak, ular saylovchilarning huquqiy madaniyatini hukmron doira manfaatlariga moslab yuksaltiradi, oddiyroq aytganda, ma'muriy resurs vazifasini bajaradi, degan xulosa uchun zamin bordek nazarimizda.

Shuningdek, maqolada saylov kampaniyasi boshlangandan beri O‘zbekiston OAVda 4,5 mingga yaqin material e'lon qilingani, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy va xorijiy OAVning 500 dan ortiq vakili akkreditatsiyadan o‘tkazilgani bildirilgan.

Biz ham baholi qudrat OAVdagi saylov bilan bog‘liq materiallarni kuzatib borishga harakat qilyapmiz. E'tiborli jihati shuki, ular deyarli bir xil mazmunda bo‘lib, prezidentlikka nomzodlar haqida (faqat «eng munosib nomzod»dan tashqari, albatta) biror yangi gap topa olmaysiz.

Saylovoldi kampaniyasi deb ko‘p yozilayotgan bo‘lsa-da, bechora partiyalar o‘z nomzodlarini (yana o‘sha bitta «eng munosib nomzod»dan boshqalari haqida gap bormoqda) ochiq-oydin targ‘ibot-tashviqot qilishga kimdandir hayiqayotgandek taassurot uyg‘onmoqda.

Bu yoqda saylovni yoritishga o‘rgatilayotgan jurnalistlar esa «demokratik saylov tizimimiz»ni maqtashdan nariga o‘ta olmayapti. Balki mas'ullar ularni faqat shu narsaga o‘rgatayotgandir faqat. Yana kim biladi deysiz…

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 march 2020
Mana o‘lmagan qul, hafta o‘tib yana siz bilan yuzlashdim. Hamma ishga bormay, uyidan ishlaëtgan ekan. Men bo‘lsa, shakllangan introvert o‘laroq, ...
27 april 2022
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar ...
25 june 2018
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari ...
21 october 2025
Turkiyada taniqli o‘zbek shoiri va muxolifat lideri Muhammad Solihning «Vodiyda o‘lim taqiqlangan» (Vadide Ölmek Yasak) nomi ostida yangi kitobi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...