Asosiy mavzular
12 february 2020

Rossiya foydasiga ishlagani iddao qilingan o‘zbek generali davlatga xiënatda ayblandi

Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik qilishda ayblamoqda. Bu haqda «Ozodlik» radiosi ma'lum qildi.

Sud ishi o‘tayotganini O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Obidov «Bi-bi-si»ning Toshkentdagi muxbiriga tasdiqladi.

«Eltuz» muxbiri qamalganlarning yaqinlari bilan gaplashdi.

Ularning aytishicha, o‘ndan ziëd polkovnik va general rutbasidagi harbiy 2019 yilning iyul oyida “Rossiya foydasini ko‘zlab davlatga xoinlik qilganlikda” ayblangan.

Ular orasida iste'fodagi podpolkovnik, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasi muxbiri Vladimir Kaloshin ham bor.

Akbar Yorboboevning akasi, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashaydigan Aleksey Yorboboev «Surrent time» ko‘rsatuviga bergan intervyusida ukasining aybsizligini iddao qildi.

«Biz advokat bilan shartnoma tuzganmiz, lekin uni sud zaliga kiritishmadi, shu bois biz bu haqda hech narsa bilmaymiz. Faqat taxmin qilishimiz mumkin, bu uning kasbi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Biz bu borada hech qachon gaplashmaganmiz. Avval boshidan u harbiy uchuvchi bo‘lgan, harbiy qismlarda xizmat qilgan. Men hatto uning qanday lavozimda ishlagani haqida bilmayman. Shuning uchun men uni provokatsiya ostida qoldirmaslik uchun uning ishi haqida gaplashmaganmiz.

Garchi biz hamisha aloqada bo‘lganmiz. Biz har kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘langanmiz, bir-birimizga xayrli kun tilaganmiz, keyin kechasi bog‘lanib bolalari haqida so‘raganmiz.

Uning oilasi odatdagi o‘zbek oilalari kabi katta. Qaysi xizmatda ishlashidan kelib chiqib, ishiga oid jihatlarni muhokama etmaganmiz.»

Yorboboev 1986 yili Volgograd (Rossiya)dagi Kachinsk harbiy uchuvchilar oliy maktabini tugatgan. 1993 yildan boshlab O‘zbekiston qurolli kuchlari safida ishlay boshlagan. Ikkita farzandi bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 april 2023
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar ëdi muqaddas.  Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan ...
6 june 2019
Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya bo‘yicha professori Kristian Lasslet 30 may kuni Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning biznes imperiyasi haqidagi surishtiruvini ...
9 april 2023
Junaidxonning Rossiya bilan ushbu kelishuvi Xiva xonligining Taxta qal'asida imzolangani uchun “Taxta shartnomasi” deya tarixga kirgan. Bitim Sovet hukumati Xiva ...
5 november 2025
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...