• Foto: eurasianet.org
Asosiy mavzular
5 march 2020

Uyg‘urlar masalasi bo‘yicha tadqiqotchi O‘zbekistonga ikkinchi marta kiritilmadi

Xitoylik uyg‘urlar masalasi bo‘yicha taniqli tadqiqotchi, yozuvchi va tarjimon Yevgeniy Bunin (Gen Bunın) O‘zbekistonga ikkinchi marta kiritilmadi. U bu haqda Eurasianet nashriga xabar berdi.  

Rossiya va AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan Bunin bu safar O‘zbekistonga AQSh pasporti bilan kirishga uringan va 30 kunlik viza olgan. Biroq u 1 mart kuni Qozog‘iston chegarasida O‘zbekistonga o‘tish chog‘ida to‘xtatilgan. 

Bunin birinchi marta 2019 yil noyabr oyida O‘zbekistonga Rossiya pasporti bilan vizasiz kirmoqchi bo‘lgandi. Biroq harakati muvaffaqiyatsiz yakun topgandi. 

O‘zbek chegarachilari tadqiqotchiga har ikki holatda mamlakatga kirish sababini tushuntirmagan, faqat ushbu masalani aniqlashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishni maslahat bergan. 

Bunin oxirgi marta 2018 yil qish faslida O‘zbekistonga borgan va Buxoroga tashrif buyurgandi. 

Tadqiqotchi o‘ziga nisbatan qo‘yilgan taqiqni so‘nggi uch yil ichida qatag‘onlar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari va Shinjondagi Xinjiang Victims Database (Shinjonda Xitoy siyosati qurbonlari, ularning qarindoshlari va yo‘qolib qolganlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasi) loyihasi doirasidagi faoliyati bilan bog‘laydi. 

Mazkur ma'lumotlar bazasida 8 ming qurbon to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. 

Tadqiqotchining taxminicha, Pekin bilan yaxshi aloqa o‘rnatgan hamda Xitoy investitsiyasidan manfaatdor bo‘lgan rasmiy Toshkent uning faoliyati davlatlararo aloqalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishidan cho‘chigan. 

So‘nggi bir necha yil ichida Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida odamlarni diniy (islom diniga sodiqlik) va etnik kelib chiqishi uchun ta'qib qilish kuchaygan. 

Bunday ta'qiblar uyg‘urlar (mintaqadagi eng katta etnik guruh), shuningdek, «qayta tarbiyalash» jamloqlariga yuborilgan qozoq va qirg‘izlarga Human Rights Watch ma'lumotlariga ko‘ra, jamloqlarda saqlanayotgan kishilar soni bir millionga yaqin) qaratilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 december 2016
Telegramda tarqalgan videoda Toshkentning TTZ bozorida kallai saharlab tuxum olish uchun navbatda turgan tumonot odamni ko‘rish mumkin. Izoxlarga ko‘ra, ...
17 june 2016
80- yillar oxirlarida sahna yuzini ko‘rgan «Oyna» dramatik asari orqali prokurorlarning arzandi o‘g‘illari qilaëttgan jinoyatlarni fosh qilgan ëzuvchi «kommunist ...
6 april 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev 5 aprel kuni Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida Namanganda tug‘ilgan milliarder Alisher Usmonov bilan issiq ...
5 december 2019
Ichki ishlar vaziri general Po‘lat Bobojonov uyida gaz va elektr toki yo‘qligidan sovuqda o‘tirgan oilaga elektr isitgich sovg‘a qildi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...