Asosiy mavzular
4 april 2021

“Erk” partiyasi Xidirnazar Allaqulovga qilinaëtgan tazyiqlarni qoraladi

O‘zbekiston tarixida ilk ro‘yxatga olingan muxolifatdagi «Erk» demokratik partiyasi Xidirnazar Allaqulov rahbarligida ta'sis etilgan yangi sotsial-demokratik partiyaga qarshi tazyiq va bosimlarni qoralab chiqdi.

O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Isobek joriy yilning 3 aprel kuni imzolagan bildirishda “yangi qurilayotgan partiyalar ro‘yxatga olinmaëtgani, ularga qarshi zo‘ravonlik ishlatilib, konstitutsion huquqlari toptalaëtgani” ta'kidlanadi.

“Erk” partiyasi yangi ta'sis etilgan sotsial-demokratik partiyaga qarshi hukumat tarafidan bo‘layotgan jirkanch tazyiqlarni keskin qoralaydi va bu tashkilotdagi vatanini sevgan insonlar bilan birdamligini bildiradi”, deyiladi bayonotda.

Bildirish matnida “Erk” partiyasi ham 2021 yilgi prezident saylovida ishtirok etajagi aytilgan: “Bu og‘ir siyosiy vaziyatda «Erk» partiyasi o‘z xalqi bilan hamdarddir. Shu maqsadda yaqinlashib kelayotgan prezident saylovida «Erk» partiyasi o‘z nomzodi bilan qatnashish rejasini tuzmoqda».

Bildirish matnida ta'kidlanishicha, sobiq xonanda Jahongir Otajonov “Erk” partiyasiga a'zo bo‘lib, saylovda qatnashish istagini bildirgan:

“Hozirda partiya markaziy kengashi nomiga nomzodlik istagi bilan kelgan arizalar ichida so‘nggi oylarda o‘zining siyosiy bayonotlari bilan diqqat qozongan xonanda Jahongir Otajon ham bor. Bir necha kun ichida «Erk» partiyasi prezident saylovida o‘z nomzodini e'lon qiladi”.

O‘zbekistonda 80-yillar oxirida «Birlik» xalq harakati, «Erk» demokratik partiyasi kabi muxolif siyosiy tashkilotlar o‘rtaga chiqqandi. 1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – “Erk”ning ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tgan edi.

1992 yilgi prezident saylovida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih prezidentlikka nomzod sifatida 12 foiz ovoz olgani rasman aytilgandi. Ammo ayni saylovda hukumat mulozimi sifatida ishlagan Sharof Ubaydullaev 2021 yilda «Ozodlik» radiosi orqali chiqish qilib, Muhammad Solihning saylovda yutgani, ammo saylov natijalari Karimov foydasiga soxtalashtirilganii aytgan edi. 1992 yilgi saylovdan keyin muxolifat liderlari birin-ketin xorijga ketishga majbur bo‘lgandi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2020
Haëtilla damaschi bilan Madina temir reshyotkaning bu yog‘ida, Absattor esa narëg‘ida turardi. Chapani¸ kambag‘al bo‘sayam uncha-muncha odamga gap bermaydigan ...
28 october 2025
Shoirning osmondagi oy bo‘lganidan maxalladagi boy bo‘lgani tuzuk. Urgutda nima ko‘p boy ko‘p. Har ikki odamning biri millioner.  Urgut ...
17 august 2021
Prezidentni tanqid qilgan Valijon Kalonov ikki kundan buyon so‘roqda  Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Taraqqiyot” MFYda yashovchi 52 yoshli Valijon ...
21 january 2019
Facebook shirkati 17 yanvar kuni Kreml loyihasi bo‘lgan «Sputnik» nashri tashviqotiga xizmat qilgan tarmoqdagi yuzlab sahifalar va akkauntlarni o‘chirdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...