• Foto: Rustam Hojimamedov
Asosiy mavzular
7 april 2020

Taniqli hofiz koronavirusga chalinib olamdan o‘tdi

Taniqli hofiz Rustam Hojimamedov Samarqandiy 6 aprel kuni AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan o‘lgani haqida yaqinlari ma'lum qildi.

«Qurbon o‘lam» qo‘shig‘ini qiëmiga yetkazib aytadigan betakror hofiz 51 ëshda edi.

AQShga 2008 yilda kelgan bu xonanda restoranlarda qo‘shiq aytib yurgan.

“O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infektsiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi 7 aprel kuni tarqatgan rasmiy ma'lumotda.

Vazirlikning bildirishicha, 22 mart kuni marhumda kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangan va sun'iy komaga tushirilgan. Ushbu davrda bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turgan.

Vazirlik ma'lumotida bosh konsulxona diasporal tashkilotlar rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimiga bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanayotgani ta'kidlangan.

AQShda yashovchi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishlaricha, bir necha kun avvalroq ham Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik koronavirus oqibatida olamdan o‘tgandi.

Bundan oldin Shvetsiyada ham O‘zbekistonning bir vatandoshi koronavirus yuqtirgani bois o‘lgan edi. «Eltuz»ning bir-biridan mustaqil manbalar orqali aniqlashicha, Shvetsiyada o‘lgan shaxs o‘rta yoshlardagi kelib chiqishi samarqandlik o‘zbekdir.

Ayni paytda Shvetsiyada koronavirusga chalingan kamida yana o‘n nafar o‘zbekistonlik borligi aytilmoqda. Ular orasida Shvetsiyada qochqinlik maqomida yashayotgan tarmoq faoli Muqimjon Mahmudov ham bor. Muqimjon Mahmudov 7 aprelga kelib sog‘lig‘i ancha yaxshi bo‘lib qolgani haqida xabar qoldirdi.

Shvetsiya Yevropa mamlakatlari orasida keskin karantin rejimi o‘rnatmagan davlat sifatida mahalliy va xalqaro nashrlar tomonidan tanqid ostiga olinmoqda.

Bahrom Hamroev

Ayni paytda Rossiyada yashaydigan taniqli inson huquqlari faoli Bahrom Hamroev ham koronavirus yuqtirgani bois mahalliy klinikada davolanmoqda.

«Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar Nyu-Yorkda 6 aprelda vafot etgan hofiz Rustam Hojimamedov oilasiga moliyaviy ko‘mak yig‘ishmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 october 2015
Eltuz manbasidan olingan xabarga ko‘ra, 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ichki ishlar xodimlari Shuhrat Rustamovni ushlab olib ...
9 october 2023
Myunxen atrofidagi uylarda va Bavariyaning Rottax-Egern kommunasidagi villada o‘tkazilgan tintuvlar paytida narxi 140 ming yevrolik Mercedes Maybach S500, 180 ...
20 march 2019
2005 yilning 20 mart kuni Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi yuz berdi. Parlament saylovidan norozi bo‘lgan muxolifatchilar dastlab o‘zbeklar zich yashaydigan ...
17 april 2018
O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligining Tashqi migratsiya agentligi tomonidan Rossiyaga rasman ishga jo‘natilgan yigitlar odam savdosi qurboni bo‘lganini aytmoqda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...