Asosiy mavzular
8 august 2020

O‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning kitobi Londonda chop qilindi

Britaniyaning Hertfordshire Press nashriyoti keng o‘quvchilar e'tiboriga o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin ko‘zyoshlar” deb nomlangan she'riy to‘plamini taqdim etdi. Kitob taqdimoti Madridda bo‘lib o‘tadigan «Open Eurasia and Central Asia Book Forum and Literature Festival 2020» 9-adabiy festivali doirasida o‘tkaziladi.

Xosiyat Rustamova 1971 yil 19 martda Namangan viloyatining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. Ko‘plab she'rlari hamda she'riy kitoblari rus, ozar, tojik, ingliz, nemis, shved, golland, vetnam, frantsuz, ispan, italyan, turk, qozoq singari ko‘plab tillarga tarjima qilinib, kitob holida chop etilgan.

Jumladan, 2006 yil Turkiyada « Yarınsız günler” (“Ertasi yo‘q kunlar”), 2008 yil Ozarbayjonda “Qorxunç” (“Qo‘rkinch”), 2020 yil Qozog‘istonda «Sevgi anatomiyasi» kitoblari chop etilgan. Yakinda «Chiều cao của gió» (“Shamolning balandligi”) nomli kitobi Vetnamda, «İki güneş” (“Ikki quyosh”) nomli kitobi Turkiyada chop etildi. 2015 yilda Ozarboyjonning Mikoil Mushfiq nomidagi xalqaro mukofotini qo‘lga kiritgan. 2018 yilda OEBF festivali doirasida Open Eurasia 2018 tanlovining she'riyat yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deya e'tirof etilgan. Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

***

Bo‘ldi, qaytarmayman savollarimni
Bilaman, bariga javob berasan.
Boshi ochiqmikan xayollarimning,
Nega qo‘rqmay kirib kelaverasan?

* * *

Boryapman…
Nishonga tegmagan o‘qday,
Kaftimda dunyo bor – go‘yo bir siqim.
Shuncha olomonning ichidan qo‘rqmay,
Yuragimni baland ko‘tarib chiqdim.

Nima ham ko‘ribman qirq yil ichida,
Yashab ham bo‘ldimmi? O, naqadar oz
Ont ichishim mumkin. Bari behuda —
Faqat muhabbatim muhabbat, xolos!

* * *

O‘zimni pishirdim olovlaringda,
Juda uzoq yillar… Sekin… Shoshmadim.
Muzaffar ruhimning bejon tanimdan
Kuygan joylarini olib tashladim.

Bir kun kelib qolsam cening yodingga,
Kechir, tanimasang, ko‘rib chiroyim,
Shuncha kutib-kutib cening oldingga —
Tirik borolmasam, Xudoyim.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 november 2025
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida,ilgari bir qator kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 ...
27 december 2020
23 dekabr kuni Namangan viloyatining Norin tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan norinlik ikki yigitga nisbatan “odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish” ...
18 november 2025
Gulnor o‘z xayollariga cho‘mgandi. Xatto avtobusda ketayotganini xam unutgandi. Ota komning aytgan gaplari so‘zma-so‘z yodida kolgandi. “Otalarimiz Teyirkanda yangidan ...
6 march 2018
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa badavlat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...